Kojageldiev Abatbay Uzakbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siyosiy institutlarni modernizatsiyalashda demokratizm va konstitusionalizm tamoyillari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Ss38.
Ilmiy maslahatchi: Musaev Faxriddin Abdusattarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raev Yuldash Ochilovich, yuridik fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi siyosiy institutlarini modernizatsiyalashda demokratizm va konstitusionalizm tamoyillari namoyon bo‘lish hususiyatlarini nazariy-metodologik jihatdan takomillashtirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashda jamoatchilik nazoratining jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi kabi mexanizmlardan foydalanish samaradorligi ochib berilgan;
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy o‘zgarishlarga oid modernizatsion jarayonlarda siyosiy institutlar konstitutsiyada belgilangan normalar, konstitutsiya tamoyillari va demokratik qoidalarga amal qilishi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili ekanligi asoslangan;
Qoraqolpog‘istonda siyosiy tizimni modernizatsiyalash jarayonida “xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai” ekanligiga oid konstitusion tamoyilga amal qilish davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning faol ishtiroki ta’minlovchi yetakchi omil ekanligi ochib berilgan;
siyosiy jarayonlarda fuqarolik jamiyati institutlarining siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, OAVlar ishtirokini yanada kuchaytirish demokratik jamiyat rivojini ko‘rsatuvchi muhim indikator ekanligi ilmiy asoslangan;
Qoraqalpog‘istonda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy hamkorlikni davlat+NNT, davlat+siyosiy partiya, fuqaro+elektron hukumat kabi mexanizmlar asosida yo‘lga qo‘yish samarali ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqolpog‘iston davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik, shaffoflikni ta’minlashda jamoatchilik nazoratining jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik eshituvi, jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik ekspertizasi kabi mexanizmlaridan foydalanish samaradorligi ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsatnomasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” o‘quv qo‘llanmasini (2020) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5287 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy o‘zgarishlarga oid modernizatsion jarayonlarda siyosiy institutlar konstitutsiyada belgilangan normalar, konstitutsiya tamoyillari va demokratik qoidalarga amal qilishi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik omili ekanligiga doir amaliy taklif va hulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqolpog‘iston Kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqolpog‘iston Kengashining 2020 yil 23 noyabrdagi 25-11/2020 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqolpog‘iston Kengashining faliyatini yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan;
Qoraqolpog‘istonda siyosiy tizimni modernizatsiyalash jarayonida “xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai” ekanligiga oid konstitusion tamoyilga amal qilish davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlovchi yetakchi omil ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsatnomasi asosida tayyorlangan “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” o‘quv qo‘llanmasini (2020) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi 89-03-5287 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur nazariy xulosalar o‘quv qo‘llanmaning nazariy jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan;
siyosiy jarayonlarda fuqarolik jamiyati institutlarining siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari, OAVlar ishtirokini yanada kuchaytirish demokratik jamiyat rivojini ko‘rsatuvchi muhim indikator ekanligi bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Qonuniylik, sud – huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari, yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari, ijtimoiy – madaniy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qo‘mitasida 2019 yilga mo‘ljallangan ish dasturining V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘limining 27. “Millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish” hamda 28. “Milliy axborot makonini himoya qilish bo‘yicha internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish” bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2020 yil 14 maydagi 02–01/07-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa, taklif va tavsiyalar qo‘mita faoliyatida demokratizm va konstitusionalizm qoidalariga amal qilish tizimi yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonda davlat hokimiyati va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy hamkorlikni davlat+NNT, davlat+siyosiy partiya, fuqaro+elektron hukumat kabi mexanizmlar asosida yo‘lga qo‘yish samarali ekanligiga doir ilmiy xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining IV.“Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar” bo‘limining 10.“Aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularing salomatligini saqlash, muhandislik kommunikatsiya hamda ijtimoiy infra – tuzulmani rivojlantirish va modernizatsiyalash” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2020 yil 16 iyundagi 89–03–506-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar partiya faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilgan.