Mirzoev Xayyom Toshqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sayfiy Buxoriy va uning “Aruz” risolasi”, 10.00.05-Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.4.PhD/660 
Ilmiy rahbar: Jumaqul Xamroev, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03 asosidagi Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnovoz Raxmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Narziqulov Misbohiddin Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sayfiy Buxoriyning ilmiy-adabiy merosini ӯz davri adabiy jarayoni bilan bog‘liq holda ӯrganish hamda fors-tojik aruzshunosligiga bag‘ishlangan boshqa risolalar bilan qiyoslash orqali “Aruz” risolasining ΧV asr aruzshunosligidagi mavqei, yangiligi va afzalliklarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
Sayfiy Buxoriy hayoti va ijodidagi muhim masalalar, jumladan, yashagan davri, qoldirgan adabiy merosi, mahoratli shoir sifatida ijod qilgan lirik janrlari adabiy manbalar va shoir she’riyati vositasida asoslab berilgan;
Sayfiy Buxoriyning ΧV asr g‘azalchiligiga olib kirgan yangiliklari shoirning ӯzgacha uslubdagi g‘azallari asosida dalillangan; 
uning nazariyotchi olim sifatida davr adabiy ilmlari rivojiga qӯshgan hissasi, aruz ilmi tarixi bilan bog‘liq izlanishlari, she’r va shoirlik haqidagi nazariy qarashlari hamda aruz, muammo ilmlariga bag‘ishlab yaratgan asarlari tahlili orqali yoritib berilgan;    
ijodkor tomonidan yaratilgan “Aruz” risolasining ΧV asr fors-tojik aruzshunosligi rivojidagi ӯrni va ӯziga xos jihatlari shu sohada yaratilgan boshqa nazariy asarlar qiyosi orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sayfiy Buxoriy va uning “Aruz” risolasini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Sayfiy Buxoriyning “Aruz” risolasi va boshqa XV asr temuriylar davrida yaratilgan nazariy risolalarning komparativistik tadqiqi va ularning Sharq aruzshunosligi taraqqiyotidagi ӯrnini aniqlash bӯyicha olingan xulosalardan OT-F1-138 raqamli “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tahlili” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4370-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali temuriylar davrida vujudga kelgan bir qator nazariy risolalar va ularning ilmiy ahamiyatini komparativistik metod orqali ӯrganish imkoniyati yaratilgan;
Sayfiy Buxoriy aruzshunoslikning nazariy masalalariga doir kӯplab istilohlarni sharhlagan, natijada arab tilidan fors-tojik tiliga kirgan so‘zlarning mazmun-mohiyati sharh va izohlash jarayonida ochiqlanganligi haqidagi xulosalaridan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4370-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali bugungi davr zamonaviy aruzshunosligida arab tilidan kirib kelgan istilohlarning lug‘aviy ma’nosini bilish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot asosida “Farhangi muxtasari istilohoti risolai “Arӯz”-i Sayfii Buxoroӣ” (ISBN 978-9943-6645-8-6) nomli izohli lug‘at yaratilgan. Unda aruzshunoslikka oid 165 ta terminlar izohlangan. Natijada, bu talaba-yoshlarning she’r vazni qoidalarini ӯrganish imkoniyatini kengaytirishga va nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Sayfiy Buxoriy san’at va hunar ahliga bag‘ishlab yozgan g‘azallari bilan bugungi davr san’at va hunarmandchiligimizning qadimiyligini anglashda ahamiyatli ekanligi haqidagi ilmiy xulosalardan Ӯzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Ӯzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUKning 2020 yil 10 noyabrdagi 04-25-1082-son ma’lumotnomasi). Natijada kӯrsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va dolzarbligi ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish