Axmedova Dilorom Ismatovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “X asr tojik  she’riyatida  qit’a janrining tutgan ӯrni”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti  (tojik tili va tojik adabiyoti)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.4.PhD/1438
Ilmiy rahbar: Sa’diev Sadri, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxanovich, filologiya fanlari doktori; Vosieva Ruxshona Qurbonovna, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qit’ani keng va har tomonlama o‘rganish, xususan, uning  kelib chiqishi, janriy xususiyatlari, she’riy janrlar tizimidagi (X asr) o‘rni, maqomi hamda mavzu-mundarijasining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi asosan quyidagilardan iborat:
islomning dastlabki davrlaridagi fors-tojik tilidagi qo‘lyozmalari hamda qit’aga o‘xshash ilk fol`klor she’rlari asosida qit’a janrining kelib chiqishi aniqlangan;
qit’a janri asarlarining saroy nazmi norasmiy va madhsiz tamoyiliga mansubligi, saroy shoirlari ijodida qit’a o‘zining norasmiy mavqeiga bog‘liq holda, keng va har tomonlama janriy erkinlikka ega bo‘lgani asoslangan;
qasidalar mavzu va mundarijasining bir xilligi va takrorlanuvchanliga  qarama-qarshi ravishda qit’alar mavzularining xilma-xilligi va mazmunan boyligi, saroy qasidanavislari o‘z qit’alarida voqego‘y va hujjat ko‘chiruvchi shoir sifatida namoyon bo‘lgani va qit’alar mazmunlari real voqeliklar bilan bog‘liqligi ochib berilgan; 
qit’a janri poetikasining “vertikal” badiiyatga asoslanganligi, shoirlarning ko‘p qit’alarda o‘z fikr-mulohazalarini so‘z san’atlaridan foydalanmay turib, jozibali va obrazli tarzda bayon qilganliklari o‘z isbotini topgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  X asr she’riyatida qit’a janri tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
islomning ilk davrlaridagi fors-tojik tilidagi qo‘lyozmalari hamda qit’aga o‘xshash ilk fol`klor she’rlari asosida qit’a janrining kelib chiqishiyu aniqlanganligi haqidagi xulosalaridan F8-027-raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4338-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali fors-tojik adabiyoti qӯlyozmalari Sharq milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekanligi isbotini topgan hamda poetik matnlar o‘ziga xos badiiy-estetik ifoda usuliga ega ekanligi ochib berilgan; 
saroy shoirlari ijodida qit’a o‘zining norasmiy mavqeiga bog‘liq holda, keng va har tomonlama janriy erkinlikka ega bo‘lganligi haqidagi xulosalardan F1-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janr va turlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4338-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali saroy shoirlari ijodida qit’aning janriy erkinlikka ega bo‘lgani asoslar va dalillar asosida ko‘rsatib berilgan;
XV asr fors-tojik va turkiy adabiyotida takomillashgan bir qator janrlar va ularning xususiyatlarini komparativistik metod orqali ӯrganish bӯyicha olingan xulosalardan FA-F1-G039 raqamli “Alisher Navoiy (2-jildlik) va Abdulla Qodiriy qomuslarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4338-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali temuriylar davrida vujudga kelgan bir qator nazariy risolalar va ularning ilmiy ahamiyatini komparativistik metod orqali ӯrganish imkoniyati yaratilgan;
madhiy qit’alarda pand-nasihatning keng qamrovli bo‘lganligi, ushbu davr qit’alarining asosiy mavzusi nasihat va hikmatga bog‘liqligi, shoirlar ularni izohlashda bilimdon, donishmand sifatida namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK, “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” telekanali DUKning 2020 yil 10 noyabrdagi 04-25-1081-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qӯllanilishi orqali tinglovchilarda milliy qadriyat, milliy boylik, milliy tafakkur tushunchalarni shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bӯldi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish