Sharafutdinova Diyora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda maktab ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish», 08.00.07– Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1327.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Fozliddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda maktab ta’limi muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarining ixtisoslashuvini inobatga olgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar jalb etish taklifi asoslab berilgan;
pedagoglar maoshiga qo‘shimcha ustama haqini belgilashda tajriba (mehnat staji) va «ustoz-shogird» tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini inobatga olish mexanizmi ishlab chiqilgan;
maktablardagi vakant lavozimlar bo‘yicha tarifikatsiya va shtat ma’lumotlarini integratsiyalashtirish orqali maktablar byudjeti bo‘sh mablag‘lari miqdorini bron qilish amaliyotini joriy etish asoslab berilgan;
maktab ta’limida vaucherli moliyalashtirish – mablag‘larni o‘quvchilarga biriktirilishini ta’minlash orqali xususiy maktablarida ham umumta’lim qamrovini oshirish asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda maktab ta’limi muassasalari moliyalashtirishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarining ixtisoslashuvi orqali byudjetdan tashqari mablag‘lar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi 287-son qarorini yanada takomillashtirish va ta’lim narxlarini belgilash metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanishga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi CM08763658-son va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02-02/4-1259-son ma’lumotnomalari). Natijada, maktabda qo‘shimcha ta’limni o‘quvchilar qiziqishlari va ota-onalar daromadlariga moslashtirishga shart-sharoit yuzaga kelgan.
pedagoglar maoshiga qo‘shimcha ustama haqini belgilashda tajriba (mehnat staji) va «ustoz-shogird» tizimini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini inobatga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 823-son qarorini yanada takomillashtirish metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanishga qabul qilingan qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi CM08763658-son va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02-02/4-1259-son ma’lumotnomalari). Natijada, pedagoglar faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish tizimi yanada shaffof va mustahkamlanishiga imkoniyat yaratilgan.
maktablardagi vakant lavozimlar bo‘yicha tarifikatsiya va shtat ma’lumotlarini integratsiyalashtirish orqali maktablar byudjeti bo‘sh mablag‘lari miqdorini bron qilish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-4555-sonli qarorini yanada takomillashtirishning metodologik asoslarni takomillashtirish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi CM08763658-son va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02-02/4-1259-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishning oldini olishga shart-sharoit yaratilgan.
maktab ta’limida vaucherli moliyalashtirish – mablag‘larni o‘quvchilarga biriktirilishini ta’minlash orqali xususiy maktablarida ham umumta’lim qamrovini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-sonli farmonida belgilangan moliyalashtirishning yangi vaucher metodini ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi CM08763658-son va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 02-02/4-1259-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif asosida xususiy maktablarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari o‘qishi uchun ham shart-sharoit yuzaga kelgan.