Bahramova Mohinur Bahramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arbitraj yurisdiksiyasini tartibga solish va amaliy muammolar (YuNSITRAL namunaviy qonuni asosida)», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xucuciy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu423.
Ilmiy rahbar: Islombek Rustambekov Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.  
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Azizxon Dilshodovich, yuridik fanlar doktori; Jumanyozov Nodir Xudayberdievich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro arbitrajlar yurisdiksiyasi nuqtai nazaridan ular faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish va ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arbitraj yurisdiksiyasining chegaralari belgilanib, unga ko‘ra arbitraj sudi o‘z yurisdiksiyasini o‘zi aniqlashi, bunda arbitraj kelishuvining mavjudligi yoki haqiqiyligi borasida e’tirozlarni qabul qilish va ular bo‘yicha o‘zi qaror chiqarish vakolatiga ega ekanligi asoslangan;
chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar iqtisodiy sudlarga taalluqliligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiy sudlari sudloviga tegishliligi asoslab berilgan;
xalqaro arbitrajning qarorini ijroga qaratish tegishli davlat sudi ajrimi va ijro varaqasi asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi asoslangan;
taraflarning iltimosiga ko‘ra, xalqaro arbitraj sudi ta’minlash choralarini belgilashi va ushbu huquqini amalga oshirishda dastlabki qaror chiqarish vakolatiga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arbitraj yurisdiksiyasini tartibga solish va amaliy muammolar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arbitraj yurisdiksiyasining chegaralari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘z yurisdiksiyasini o‘zi aniqlashi, bunda arbitraj kelishuvining mavjudligi yoki haqiqiyligi borasida e’tirozlarni qabul qilish va ular bo‘yicha o‘zi qaror chiqarish vakolatia ega bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 21-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 15 sentyabrdagi 17-son ma’lmuotnomasi). Ushbu taklif arbitraj sudining o‘z yurisdiksiyasi to‘g‘risida qaror qabul qilishga doir vakolatlarini belgilashga xizmat qilgan;
xalqaro arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar iqtisodiy sudlarga taalluqliligi, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar iqtisodiy sudlari sudloviga tegishliligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 
25-moddasi, 6-bandida hamda 32-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 5 yanvardagi 06/1-05/3736-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish iqtisodiy sudlarga taalluqli ekanligini belgilashga xizmat qilgan;
xalqaro arbitrajining qarorini ijroga qaratish vakolatli davlat sudining ajrimiga muvofiq ijro varaqasi asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksining 258-moddasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021 yil 5 yanvardagi 06/1-05/3736-son dalolatnomasi).Ushbu taklif xalqaro arbitrajlarning qarorlarini ijrosini ta’minlash tartibini belgilashga xizmat qilgan;
taraflarning iltimosiga ko‘ra xalqaro arbitraj sudi ta’minlash choralarini belgilashi, bunda dastlabki qaror chiqarish vakolatiga ega bo‘lishi, shuningdek xalqaro arbitraj sudining iltimosiga binoan vakolatli davlat sudi barcha arbitraj muhokamasi tugagunga qadar da’voni ta’minlash bo‘yicha vaqtinchalik yoki doimiy choralar ko‘rishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida»gi Qonunning 22 va 24-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 19/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif arbitraj sudining ta’minlash choralarini belgilashga doir vakolatlarini aniq belgilashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish