To‘xsanov Qahramon Rahimboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jaloliddin Rumiy «Masnaviyi ma’naviy» asari o‘zbekcha tarjimalarining qiyosiy tadqiqi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil.193.
Ilmiy maslahatchi: Sirjiddinov Shuhrat Samariddinovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro  davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik).
Rasmiy opponentlar: Hamroev Jumaqul, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich filologiya fanlari doktori; Misbohiddin Narziqul, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy” asarining bevosita asliyatdan o‘zbek tiliga she’riy o‘girilgan nusxalari qiyosi asosida mutarjimlarning vazn, qofiya, radif, lafziy va ma’naviy san’atlar, islomiy-tasavvufiy istilohlar, oyatu hadislar, maqolu arxaizmlardan foydalanish uslubiy mahoratini ilmiy asoslash va ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Masnaviyi ma’naviy” asarida qo‘llanilgan ma’naviy (talmeh, mubolag‘a) va lafziy (ishtiqoq, kitobat) san’atlar, vazn va qofiya turlari, radif kabilarni tarjimada qayta yaratish talab va usullari asosida tarjimon mahorati  ochib berilgan;
asar tarjimasida xalq maqollari, arxaizmlar, islomiy-tasavvufiy tushunchalarga aloqador so‘zlar, oyat va hadislarni ifodalashda olim-tarjimon hamda shoir-tarjimon faoliyatidagi individual belgilar, tarjimon va ijodkor psixologiyasining sintezlashishi hamda zullisonayn-likning ahamiyati kabi farqli jihatlar ochib berilgan;
“Masnaviyi ma’naviy”ning bevosita va bilvosita tarjima variantlari qiyosiy aspektda aniqlanib,  diaxron-sinxron, she’riy-nasriy, hajm xususiyatlari tasnif asosida aniqlangan; 
mumtoz sharq she’riyati namunalarini tarjima matnlarida hozirgi tilda adekvat aks ettirish uchun vazn, qofiya, radif, badiiy tasvir vositalarini, arxaizm hamda islomiy-tasavvufiy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarni o‘girmada saqlash va berish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;
“Masnaviyi ma’naviy” asarining turkiyzabon xalqlar madaniy-ma’rifiy olamiga, san’at va adabiyotiga o‘ziga xos tarzda kirib kelishi, uning turkiy xalqlarga adabiy-estetik ta’sirining ijtimoiy-psixologik omillari, asarning turli vaqtlar va har xil mutarjimlar tomonidan tarjima qilinganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy” asarining o‘zbekcha tarjimalari  tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jaloliddin Rumiy “Masnaviyi ma’naviy” asarining tarjima qilinishi, asarning mumtoz adabiyotga kirib kelishi, adabiy-estetik ta’sirning ijtimoiy-psixologik omillari, o‘zaro adabiy aloqa va badiiy tarjimalarning o‘rni, Istiqlol davri o‘zbek ijodkorlarining tarjimashunoslikka qo‘shgan hissasiga oid  ilmiy –nazariy xulosalardan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 19.03.260-son ma’lumotnomasi). Natijada,  Sharq mumtoz shoirlar an’analari tarixini, uning istiqlol davridagi davomiyligini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga  xizmat qilgan;
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asaridagi qadimiy rivoyatlar, afsonalar va o‘tmish avlodlarning orzu istaklarining  badiiy talqiniga  oid ilmiy materiallardan  F1-XT-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi  19.03.260-son ma’lumotnomasi). Natijada, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy” asari xalqimiz badiiy tafakkurida muhim o‘rin tutganligiga misollar asosida oydinlik kiritilgan;  
“Masnaviy”ning Mashrab,  Shoislom Shomuhammedov,  Alibek Rustamov, Jamol Kamol, Asqar Mahkam, Mirzo Kenjabek, Ergash Ochilov, Vazira  Shodieva, Sulaymon Rahmon, Odil Ikrom amalga oshirgan o‘zbekcha tarjimalarini poetik, uslubiy xususiyatlari jihatidan  qiyoslash asosida Jamol Kamol she’riy tarjimasining badiiy mukammalligi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan  OT-F1-030 raqamli  “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasining (7 jild) chop etish” (2017-2018)  mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi  19.03.260-son ma’lumotnomasi). Natijada, Rumiyning xalqimiz badiiy tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rini, yosh avlod ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qilgan;  
elektron hisoblash mashinalari uchun dastur yaratish va ma’lumotlar bazasini shakllantirishda muallifning DGU 2020 1327 raqamli talabnoma  (04.08.2020) asosida “Mavlono Jaloliddin Rumiy – “Masnaviyi Ma’naviy”. Jamol Kamol tarjimasi” mavzusida tayyorlagan ilmiy matnidan foydalanilgan. (“Elektron  hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro’yxatdan o’tkazilganligi to’grisidagi Guvohnoma. № DGU 08863. O‘zbekiston Respublikasi elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar reestrida 24.08.2020 yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan) (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi № 19.03.260-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning ma’lumotlar bazasi boyitilgan.
Rumiy kabi ijodkorlar asarlarining ayrim g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, ularda umuminsoniy g‘oyalarning poetik talqiniga xos tushunchalar, insonni ma’naviy kamolotga etaklovchi omillar haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan “Buxoro” telekanalining “Dolzarb mavzu”, “Interv`yu plyus”, “Assalom Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 dekabrdagi 1/337-son ma’lumotnomasi). Natijada, mumtoz shoirlarning axloqiy fazilatlar haqidagi bir qator qarashlari tahlillar asosida yoritilgani teletomoshabinlarning qiziqishini orttirib, ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
“Masnaviyi ma’naviy” manzumasida qo‘llanilgan xalq maqollarining asliyat va tarjimada berilishini oliy ta’lim muassasalari  talabalariga tushuntirish uchun yaratilgan “Maqollarni “sinkveyn” usulida o‘rgatish” mavzusidagi usuliy qo‘llanmada tarjima ta’limini tashkil qilish va yo‘lga qo‘yish maqsadida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 yanvardagi 19.03.260-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Masnaviyi ma’naviy” asarida keltirilgan maqollar, aforizmlar, hikmatli hikoyatlar tahlilga tortilib, ularning mohiyati ochib berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish