Gulyamova Gulchexra Shuxratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatitga tashxis qo‘yish, uni davolash va profilaktik usullarini ishlab chiqish (klinik, genetik va immunologik tekshiruvlar)», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib77.
Ilmiy maslahatchi: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Saidkasim Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sabirovna, biologik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: organizmni immunopatogenetik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida atopik dermatitning immunodiagnostikasi, davolash va oldini olishning yangi usullarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atopik dermatitning rivojlanish mexanizmida glutation S-transferaza (GSTM1 va GSTT1)ning allel turlari roli aniqlangan, ular atopik dermatitning og‘ir shakllari rivojlanishida yuqori havf markerlari ekanligi isbotlangan;
atopik dermatitning rivojlanishi mexanizmida FNO-α yallig‘lanisholdi sitokini genining polimorf variantlari assotsiatsiyasining kasallikning og‘ir shakllari yuzaga kelishida prognostik ahamiyati aniqlangan;
atopik dermatiga chalingan bemorlar qon zardobida IgG subklasslarining yuqori konsentratsiyasi aniqlangan, IgG dermatozning kechishida og‘irlik darajasini belgilashi isbotlangan;
ksenobiotiklar fermentlari S-transferaza (GSTM1 va GSTT1) genlari va FNO-α genining salbiy allel variantlari mavjud bemorlar qonida eritrotsitlarning sorbsion xususiyatlari va o‘rta molekulyar peptidlar miqdorining oshishi aniqlangan;
ilk bor atopik dermatitga chalingan bemorlarda ksenobiotiklar fermentlari S-transferaza (GSTM1 va GSTT1) genlari va FNO-α geni genotiplari polimorfizmini hisobga olgan holda tizimli, namlovchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir etuvchi patogenetik asoslangan davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatitga tashhis qo‘yish, uni davolash va profilaktik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
atopik dermatitning og‘irlik darajasini immunologik tashhislash usuli, kasallikni patogenetik davolashning yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Atopik dermatitning og‘irlik darajasini baholash va davolash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 8n-d/89-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi atopik dermatitning og‘irlik darajasini erta tashhislash va davolash samaradorligini oshirishga hizmat qilgan;
bemorlar terisiga namlantiruvchi va tiklovchi ta’sirga ega «Fatiderm» davo vositasini qo‘llash yangi mahalliy davolash usuli asosida ishlab chiqilgan «Atopik dermatitni tashqi davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 8n–r/265-son ma’lumotnomasi). Terini mahalliy davolashning mazkur usuli teridagi patologik jarayonning tezkor hal etilishi, sub’ektiv hislarning kamayishini ta’minlash va tashqi namlantiruvchi sifatida kasallik qo‘zg‘alishining oldini olishga hizmat qilgan;
atopik dermatitga chalingan bemorlarni tashhislash, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi klinikasi, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Buxoro viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanseri, Respublika klinik teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi, «Kasmed» xususiy klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 18dekabrdagi 8n–z/200-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi tibbiy yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi uslublarni qo‘llash orqali atopik dermatit bilan kasallangan bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.