Xayitov Maqsadbek Yo‘ldashboevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sholi o‘simligining morfobiologik xususiyatlari va ularni seleksiyadagi axamiyati asosida yangi navlar yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx25.
Ilmiy rahbar: Qurbonbaev Auezxan, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: sholining Tarona navi (№ NAR 00265). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 22 fevraldagi 01-11/376-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: sholi genotiplarini morfo-biologik ko‘rsatkichlarini aniqlagan holda amaliy seleksiyaga jalb etish va yaratilgan tizmalarning qimmatli xo‘jalik belgilari asosida yangi nav va tizmalar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan sholining kolleksion genotiplari orasidan 1000 dona don vazni bo‘yicha k-297 (35,2 g) k-231 (34,7 g), k-43 (34,5 g) va k-389 (36,1 g) namunalari, hosildorligi bo‘yicha k-126 (72,1 s/ga), k-214 (78,5 s/ga), k-223 (80,4 s/ga), k-114 (79,8 s/ga) namunalari boshlang‘ich ashyolar sifatida tanlab olingan;
duragay avlodlarda qimmatli-xo‘jalik belgilarini fenotipik yuzaga chiqishi hamda dominantlik, to‘liq irsiylanishi aniqlangan;
duragay populyasiyalar orasidan morfologik ko‘rsatkichlari irsiylanishini dominantlik darajasi yuqori bo‘lgan UzROS 7 x VIR 1641, Devzira x 1051, UzROS 7-13 x 854-83 kombinatsiyalari ajratib olingan;
sholining tashqi muhit noqulay omillariga chidamli, yuqori hosilli, sifat ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan F5 (173–90 x 1936–87) duragayi asosida serhosil, sifatli guruch beradigan “Tarona” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sholi genotiplarini morfo-biologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, ularni amaliy seleksiyaga jalb etish hamda yangi nav va tizmalar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
sholining kechpishar “Tarona” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan NAR 00265 (03.02.2020 y) raqamli patenti olingan hamda ushbu nav 2020 yil konkurs sinov natijalari va Ekspert komissiyasi hulosasiga asosan, Toshkent viloyatida ekish uchun qishloq ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2020 yil 3 noyabrdagi T-6/01-08-556-son ma’lumotnomasi). Natijada 1000 dona urug‘ vazni 33,0-33,4 g, to‘kilishga chidamliligi 5 ballni tashkil etgan;
sholining yangi “Tarona” navi Toshkent viloyatida 29 gektar, Farg‘ona viloyatida 42 gektar va Andijon viloyatida 14,2 gektar sholikor fermer xo‘jaliklari maydonlarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi  02/021-2931-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud kechpishar sholi navlariga nisbatan 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan, rentabellik darajasi o‘rtacha 35-40 foizni tashkil qilgan;
Tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida “Sholining kechpishar Tarona navini etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanoma” chop ettirilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15.09.2020 y., 02/021-2931-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma sholichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlari uchun sholi ekinidan yuqori hosil olishiga hizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish