Tashanov Abduxoliq Daynovichning
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buzg‘unchi g‘oyalarning milliy o‘zlikni anglashga salbiy ta’siri», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fa15.
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.
Rasmiy opponentlar:Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘ral Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: buzg‘unchi g‘oyalarning namoyon bo‘lish xususiyatlari, sabablari hamda ularning milliy o‘zlikni anglashga salbiy ta’sirini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buzg‘unchi g‘oyalarning turlari, tasniflari, mezonlari, tarixiy va zamonaviy xususiyatlari, kategorial asoslarini aniqlashga qaratilgan yangi uslubiy vosita (buzg‘unchi g‘oyalarning ob’ekti, sub’ekti, maqsadi, vazifasi, zamon va makoni, sabab va oqibati, funksiyasi asosida) ishlab chiqilgan;
mafkuraviy maydondagi butun hodisalar tizimi, agent (g‘oya tashuvchi) hamda kontragent (qarshi kurashuvchi)larning ijtimoiy voqelikni idrok etish va baholash munosabatlari ochib berilgan;
mafkuraviy maydonning ichki dinamikasi tamoyillari (darajalanish, o‘lchamlar, o‘zgarishlar), unda amalga oshiriladigan g‘oya va mafkuralarning segmentatsiyasi (ajratilishi), akkumulyasiyasi (qo‘shilishi), segregatsiyasi (parchalanishi) asoslab berilgan;
buzg‘unchi g‘oyalarning milliy o‘zlikni anglashga ta’siri borasidagi tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimi, umumtamaddun va milliylik munosabatlaridagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi, o‘zgartiruvchi omillarning (tarixiy yaratuvchanlik, tamaddun tanlovi) ob’ektiv qonuniyatlari (o‘zgarishlar, tahdidlarning muqarrarligi) va sub’ektiv qonuniyatlari (milliy mental xususiyatlar) nisbati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buzg‘unchi g‘oyalarning milliy o‘zlikka salbiy ta’sirining oldini olish, ularga qarshi kurash bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
buzg‘unchi g‘oyalarning turlari, tasniflari, mezonlari, tarixiy va zamonaviy xususiyatlari, kategorial asoslarini aniqlashga qaratilgan yangi uslubiy vosita borasidagi takliflar bo‘yicha Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining buyurtmasi asosida «Buzg‘unchi g‘oyalarning milliy o‘zlikka salbiy ta’siri» (Toshkent: Sano-standart, 2014. 7,75 b.t.), «Vayronkor g‘oyalar va buzg‘unchi mafkuralar» (Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015. 25 b.t.) nomli kitoblar nashr qilingan (Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 21 iyuldagi 285-son ma’lumotnomasi). Natijada buzg‘unchi g‘oyalarning turlari, ta’rif va tasniflari, mezonlari, tarixiy va zamonaviy omillari, ularning vayronkorlik xususiyatlari aniqlanib, targ‘ibot ishlarining samaradorligi oshgan;
g‘oyaviy kurash, mafkuraviy maydonlardagi g‘oyalar tizimi, agentlar va kontragentlarning faoliyati, ta’sir ko‘rsatish chegaralari va mexanizmlari, xavf-xatar ko‘lamini aniqlash, milliy o‘zlikni anglashning jamiyatning yuksak ijtimoiy yutuqlarga erishishdagi ahamiyatiga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining «Suhbatdosh» (2015 yil 22 avgust), «Nigoh» (2016 yil 21 aprel`), «Mahalla» telekanalining «Ikki yo‘l orasida» (2016 yil 18 aprel`; 2016 yil 1 dekabr`), «Teran ildizlar» (2016 yil 12 iyun`), «Bilamizku, ammo... » (2016 yil 22 sentyabr`) ko‘rsatuvlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2016 yil 20 avgustdagi 01-12-1143-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ko‘rsatuvlarning g‘oyaviy ta’sirchanligini oshirib, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish imkonini bergan;
buzg‘unchi g‘oyalarning mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro ta’sirlashuvi, yoshlarda buzg‘unchi g‘oyalar, ularning salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish, buzg‘unchi g‘oyalar ob’ektiga aylanish sabablari, mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasidagi takliflardan «Kamolot» YoIH tomonidan tashkil etilgan turli davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va boshqa shakldagi targ‘ibot-tashviqot ishlarida keng foydalanilgan («Kamolot» YoIH Markaziy kengashining 2016 yil 26 avgustdagi 12-13/1841-son ma’lumotnomasi). Bu mamlakatimiz yoshlarining buzg‘unchi g‘oyalar, ularning oqibatlari borasidagi bilim darajasi, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash samarasini oshirish, mafkuraviy immunitetni yanada mustahkamlash imkonini bergan;
buzg‘unchi g‘oyalarni bartaraf etish mexanizmlari, ularning milliy o‘zlikni mustahkamlashdagi samarali yo‘llari va vositalari borasidagi takliflardan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazida chora-tadbirlar dasturini tuzish va uning ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 yanvardagi «Aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurash, konfessiyalar va millatlararo hamkorlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi ishlarning saviyasi va ta’sirchanligini oshirish to‘g‘risida»gi 3-son qarori yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2016 yil 22 iyundagi 01/06-422-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga joriy etilishi, xususan, O‘zbekistonning buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash milliy strategiyasi, «Aholida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish konsepsiyasi» yuzasidan berilgan nazariy xulosalar, amaliy takliflar xalqimizning qalbi, ruhiyati, ma’naviy olamini turli buzg‘unchi g‘oyalar va vayronkor mafkuralar ta’siridan himoyalash, bu boradagi ilmiy-nazariy qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qildi.