Karimov Farxod Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yaqin Sharq davlatlaridagi etnosiyosiy jarayonlarda kurd omili”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ss41
Ilmiy maslahatchi: Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08. 
Rasmiy opponentlar: Muhammadisiddiqov Muhammadolim, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Gafurov Sarvarjon Mirzarasulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaqin Sharqdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda kurd muammosi, uning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari, unga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillarni aniqlash, shuningdek, mintaqadagi etnosiyosiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy jarayonlardagi etnik omil xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining muhim kategoriyasi ekani barqaror etnosiyosiy muvozanatga asoslangan taraqqiyot modellari tajribasidan kelib chiqib asoslab berilgan;
xalqaro huquq doirasida etnosiyosiy harakatlarga ob’ektiv huquqiy baho beruvchi normativlarni qaror chiqarishga asos bo‘luvchi protsessual moddallarni kiritish orqali takomillashtirish zarurati Yaqin Sharqdagi etnik kurdlar misolida ilmiy asoslangan;
Yaqin Sharq mintaqasining yangi siyosiy ma’muriy xaritasi shakllanayotgani Iroq va Suriyadagi murakkab etnosiyosiy jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan manfaatlar bloklaridagi geosiyosiy bo‘linishlar oqibati ekani ochib berilgan;
Yaqin Sharqda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha davlatlarning o‘zaro integratsiyasida birinchilar qatorida kurd muammosini hal qilish zarurati asoslangan;
millatlararo totuvlikni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekistonning ijobiy tajribasi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligiga asoslangan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqadagi etnosiyosiy munosabatlarni tartibga solish, etnik muammolarni oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tadqiqot natijalari asosida:
jahondagi etnosiyosiy munosabatlarni tartibga solish, etnik muammolarni hal qilish borasida qabul qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi yuzasidan dissertatsiya ishida keltirilgan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va Xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 6 avgustdagi 32-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari etnik muammolarni hal qilishning siyosiy-huquqiy mexanizmlari milliy hamda xalqaro darajada etarli darajada shakllanmagani ularni takomillashtirish zarurati mavjudligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
etnosiyosiy muammolarning o‘ziga xosligi, ularning strukturaviy integratsiya va korrelyasion munosabatlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Mudofaa va Xavfsizlik masalalari qo‘mitasining ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2020 yil 6 avgustdagi 32-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy xulosalar asosida Yaqin Sharqdagi etnosiyosiy muammolarning o‘ziga xosligi, mintaqadagi etnik muammolarning strukturaviy integratsiya va differensiyasini tadqiq etishning induktiv va deduktiv ilmiy-metodologik yondashuvlari ishlab chiqilgan;
Yaqin Sharq mintaqasidagi kurdlar tarixi, ularning mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi o‘rni va roli yuzasidan keltirilgan ilmiy xulosalardan 8-9-sinf “Jahon tarixi” fani darsliklari va fan dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 1 iyundagi 01/11-03/5-490-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurdlar tarixining mintaqa mamlakatlarining davlatchilik tarixi bilan qiyosiy ravishda o‘rganilishi Yaqin Sharq xalqlari etnogenezining ilmiy asoslari takomillashtirilgan;
etnik o‘ziga xoslik va etnik muammolarning kelib chiqishi, ularning turlari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga ta’siriga oid fikr-mulohazalar, konseptual g‘oya va xulosalardan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi va YuNISEF bilan hamkorlikdagi “Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturini  ishlab chiqish” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2020 yil 15 iyuldagi 01/11-02/2-720-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kelib chiqish sabab va omillariga oid primordial, instrumental va institutsional yondashuvlarining qiyosiy tahlili millatlarning o‘ziga xosligi bo‘yicha yagona ilmiy qarash ishlab chiqishda muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish