Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyatiga oid zamonaviy konseptual diskursning asosiy yo‘nalishlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fa14.
Ilmiy rahbar: Muminov Alisher Gafforovich, siyosiy fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti DSc.27.06.2017.F.01.05 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor;Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fuqarolik jamiyatiga oid zamonaviy konseptual diskurs doirasida shakllangan ilmiy yondashuv va nazariyalarni ijtimoiy-falsafiy jihatdan umumlashtirish hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «fuqarolik jamiyatiga oid konseptual diskurs», «fuqarolik jamiyatining axborot paradigmasi» tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatiga oid konseptual diskurs doirasidagi zamonaviy ijtimoiy-falsafiy g‘oya va qarashlarga doir globallashuv va axborotlashuv paradigmalari ishlab chiqilgan;
normativ-me’yoriy hujjatlarni muhokama qilish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning demokratik tafakkurini yuksaltirish, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi muammolar monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi falsafiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini optimallashtirishga oid innovatsion mexanizmlar (zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi memorandumlar tuzish, aholi bilan ishlash PR-texnologiyalarini joriy qilish) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«fuqarolik jamiyatining konseptual diskursi», «fuqarolik jamiyatining axborot paradigmasi» kabi tushunchalarning ilmiy muomalaga kiritilishi Shotlandiyaning Glazgo universiteti tomonidan e’tirof etilgan (Shotlandiya Glazgo universitetining 2016 yil 1 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Mazkur tushunchalar fuqarolik jamiyatini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etib, fuqarolik jamiyati sohasida yangi paradigmaviy tadqiqotlar yaratish imkonini bergan;
fuqarolik jamiyatiga oid konseptual diskurs doirasidagi zamonaviy ijtimoiy-falsafiy g‘oya va qarashlar, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarning demokratik tafakkurini yuksaltirish, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi muammolar monitoringini o‘tkazishga oid ijtimoiy-falsafiy takliflardan O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining 2017 yil 3 fevraldagi 04-06/24-01-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar «oila–mahalla–ta’lim muassasasi» hamkorligini mustahkamlanishi, hududiy o‘quv seminarlarini tashkil etilishi, xalqimizning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarini sifatli qondirilishi, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi muammolarning monitoringini o‘tkazish, normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish jarayonida NNT ekspertlarining ishtirokini kengaytirishga xizmat qilgan;
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, bu borada mavjud ijtimoiy buyurtmalar tizimini kengaytirish, qabul qilinayotgan yangi me’yoriy hujjatlarni amaliyotga joriy etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki va rolini oshirish hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining noinstitutsional unsurlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab talabgor ishtirokida tayyorlangan «Fuqarolik jamiyati» darsligi (Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2016), «Axborot-psixologik xurujlardan himoya qilish texnologiyalari» (Toshkent: O‘zMU nashriyoti, 2014) va «Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug‘ati» (Toshkent: «Turon zamin ziyo» nashriyoti, 2017) o‘quv qo‘llanmalari respublika oliy o‘quv yurtlarida «Fuqarolik jamiyati» fanini o‘qitishda keng qo‘llanilgan. Natijada, talabalarda fuqarolik jamiyati haqida eng zamonaviy tassavurlar hosil qilinib, talaba-yoshlarning erkin fikrlash, ularning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil pozisiyasini shakllantirish va fuqaroviyligini rivojlantirishga ko‘maklashgan.