Ibrohimov Bahodir Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noan’anaviy sabzavot ekinlaridan bamiya introduksiyasi, uni etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx602.
Ilmiy rahbar: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bamiyaning yangi nav namunalarini introduksiya qilish, ularning morfo-biologik va xo‘jalik belgilarini baholash hamda etishtirish texnologiyasining muhim elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikaning markaziy mintaqasi tuproq-iqlimi sharoitida bamiyaning (Hibiscus esculentus L.) 11 ta nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilarini kompleks baholash asosida istiqbolli K-36, K-248 va K-194 nav namunalari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;
bamiyani aprel oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida 70×40 sm sxemada, 0,28 m2 oziqlanish maydonida, gektariga 35714 dona ko‘chat qalinligida etishtirish ushbu sabzavotdan yuqori (14,1 t/ga) va sifatli hosil olish imkonini berishi isbotlangan;
tanlangan istiqbolli navlardagi xo‘jalik-qimmatli belgilarning ekish sxemasiga (r=0,78±0,09), ekish muddatiga (r=0,86±0,12) bog‘liqlik korrelyasiya koeffisientining yuqoriligi aniqlangan;
ajratilgan nav namunalarning dastlabki va tanlov sinovini tashkil etish asosida tezpishar, serhosil, respublikaning markaziy mintaqasi iqlimi sharoitiga mos «Toshkent tuhfasi», «Zamin» va «Shafaq» navlari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noan’anaviy sabzavot ekinlaridan bamiya introduksiyasi, uni etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
bamiyaning tezpishar, serhosil, respublikamiz iqlim sharoitiga mos «Toshkent tuhfasi», «Shafaq» va «Zamin» navlari yaratilgan va Qishloq xo‘jaligi ekinlari nav sinash markaziga taqdim etilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari nav sinash markaziniig 2020 yil 03 noyabrdagi t-6/1-09-571-son va Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 02/029-3931-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida dastlabki nav sinovida ushbu navlar yuqori, ya’ni gektaridan mos holda 14,1; 13,3 va 12,9 tonna hosil olishga erishilgan;
dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun «Bamiya etishtirish bo‘yicha tavsiyalar» hamda bamiya etishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil
24 noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma va texnologik karta fermer xo‘jaliklarida bamiya etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Toshkent viloyati sharoitida yangi ekin turi bo‘lgan bamiyani etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mega ekonom» MChJda 0,50 gektar, Qibray tumani «Zafarobod agroprodukt» fermer xo‘jaligida 0,80 gektar, «Firdavs Javdatbek invest» MChJda 1,20 gektar, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Beshkalla Nurali» fermer xo‘jaligida 0,20 gektar, jami 2,70 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, «Toshkent tuhfasi» navidan 13,6-13,9 t/ga, «Burgundiy» navidan 10,9-11,0 t/ga, «Organik» navidan 10,8-11,3 t/ga va «Dmort» navidan 10,2-10,8 t/ga hosil olingan. Nav namunalarining rentabellik darajasi 94-96%, sof daromad 20-23 million so‘mni tashkil etgan;
bamiyani ekish muddatlarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Charog‘on imkoniyat» MChJda 0,20 gektar, Qibray tumani «Zafarobod agroprodukt» fermer xo‘jaligida 1,10 gektar, «Firdavs Javdatbek invest» MChJda 0,45 gektar, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «SPEvaKITI ning Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasida» 0,10 gektar, jami 1,85 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, olingan hosil 30 aprelda ekilgan o‘simliklarda nazorat muddatiga nisbatan 0,3-0,8 t/ga yuqori bo‘lgan va rentabellik darajasi 110 foiz, sof daromad 18-20 million so‘mni tashkil etgan;
bamiyani ekish sxemalarini hosildorlikka ta’siri ishlanmasi Toshkent viloyati Toshkent tumani «Mega ekonom» MChJda 0,30 gektar, Qibray tumani «Zafarobod agroprodukt» fermer xo‘jaligida 0,65 gektar «Firdavs Javdatbek invest» MChJda 1,13 gektar, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Xolis Hamza» fermer xo‘jaligida 0,20 gektar, jami 1,38 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 02/029-3931 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, olingan qo‘shimcha hosildorlik nazorat sxemasiga nisbatan 70×40 ekish sxemasida 0,5-0,9 t/ga yuqori bo‘lgan va rentabellik darajasi 71 foiz, sof daromad 15-18 million so‘mni tashkil etgan.