Axmedova Feruza Medetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talabalarning shaxsiy fazilatlari bilan kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonidagi uyg‘unligi»: 22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Sots29.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi huzuridagi Dsc.20/30.12.2019.S.23.04 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Matiboev Tashpulat Boltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Talabalarning shaxsiy fazilatlari bilan kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish uyg‘unligini ta’minlashga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim tizimida mutaxassislarning shaxsiy fazilatlari bilan kasbiy ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish jarayonida talabalarning mental va etnomadaniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda differensiallashgan guruhlarga bo‘lib shakllantirshning afzalliklari asoslangan;
bo‘lajak kasb egalarida shaxsiy fazilatlar bilan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuv orqali maxsus va elektiv kurslar (farmatsevtik sotsiologiya, farmakopsixologiya, farmatsevtik etika, tibbiyot sotsiologiyasi)ni maqsadli ta’lim tizimiga identifikatsiyalash yo‘llari ishlab chiqilgan;
mehnat bozori talablari asosidagi zamonaviy talablarga javob beradigan raqobatbardosh farmatsevtik xodimlar tayyorlash samaradorligini oshirishning sotsiologik imkoniyatlari (maqsadni belgilash, motivatsiyalash, ijtimoiy faollik, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, aholi salomatligini muhofaza qilishga intilish) aniqlangan;
talabalarda kasbiy va shaxsiy fazilatlarning uyg‘unlashtirilishi holati va ularning bo‘lajak faoliyatga nisbatan layoqatlilik darajasi identivligi ish beruvchilar, o‘qituvchilar va talabalar ehtiyojlariga muvofiq kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni real namoyon bo‘lish barqarorligini empirik asoslash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Talabalarning shaxsiy fazilatlari bilan kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonidagi uyg‘unligi» mavzusidagi tadqiqot davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim tizimida mutaxassislarning shaxsiy fazilatlari bilan kasbiy ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish jarayonida talabalarning mental va etnomadaniy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda differensiallashgan guruhlarga bo‘lingan holda shakllantirishning afzalliklari tavsiyasidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik markazi tomonidan 2018 yilda «O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlari, ma’naviyat, madaniyat» hamda «Ijtimoiy rivojlanish va o‘quv jarayoni» mavzusidagi ta’lim sifatini aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan so‘rovnomaning modifikatsiyalashtirilgan ijtimoiy shaklini takomillashtirishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 5 martdagi 01-16/84-2-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarining shaxsiy fazilatlar bilan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida sotsiologik tahlil natijalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak kasb egalarida shaxsiy fazilatlar bilan kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuv orqali maxsus va eklektiv kurslar (farmatsevtik sotsiologiya, farmakopsixologiya, farmatsevtik etika, tibbiyot sotsiologiyasi)ni maqsadli ta’lim tizimiga identifikatsiyalash yo‘llari ishlab chiqilganligiga oid tavsiyasidan O‘zbekiston milliy universiteti 5210100 – «Sotsiologiya» yo‘nalishidagi o‘quv rejasiga «Tibbiyot sotsiologiyasi» fani, Toshkent farmatsevtika institutining 5310901 – «Metrologiya, standartlashtirish va boshqaruv sifati» yo‘nalishining o‘quv rejasiga «Farmatsevtik sotsiologiyasi» fani kiritildi (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2019 yil 12 iyuldagi 9-03-2761-son ma’lumotnomasi). Natijada, farmatsevtika oliy ta’lim muassasalarida sotsiologiya fanini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
mehnat bozori talablari asosidagi zamonaviy talablarga javob beradigan raqobatbardosh farmatsevtik xodimlar tayyorlash samaradorligini oshirishning sotsiologik imkoniyatlari (maqsadni belgilash, motivatsiyalash, ijtimoiy faollik, salomatlik, sog‘lom turmush tarzi, aholi salomatligini muhofaza qilishga intilish) aniqlanganligiga doir tavsiyalardan P3-20170930396 raqali «Globallashuv sharoitida jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonidagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar rivojini tadqiq qilishga doir yangi avlod ilmiy-falsafiy adabiyotlarni yaratish» (2016-2018 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 7 oktyabrdagi 02/09 1350-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ma’naviy fazilatlarini (kompetensiyalari) kasbiy mobillashuvini ta’minlashga erishilgan;
talabalarda kasbiy va shaxsiy fazilatlarning uyg‘unlashtirilishi holati va ularning bo‘lajak faoliyatga nisbatan layoqatlilik darajasi identivligini aniqlashtirish, ish beruvchilar, o‘qituvchilar va talabalar ehtiyojlariga muvofiq kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarni real namoyon bo‘lish barqarorligini empirik asoslashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ijtimoiy taraqqiyot va ta’lim jarayoni” empirik sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 5 martdagi 01-16/84-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy farmatsevtik ta’lim sohasiga kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.