Yuldashev Akmal Axmadjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za va soya o‘simliklarini determinant tipda o‘sishining genetik tabiati va anatomik tuzilishi», 03.00.09 – Umumiy genetika, 03.00.05-Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B188.
Ilmiy rahbarlar: [Abzalov Miradxam Fuzailovich], biologiya fanlari doktori, professor; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Jamolxon Xodjaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Dilovar Tolibdjonovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: determinant tipdagi g‘o‘za va soya o‘simliklarini genetik tabiati va poya apikal meristemasining anatomik tuzilishini o‘sish tipiga bog‘liqligi hamda poyadagi bo‘g‘im va yaruslarining strukturaviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning hosil shoxlarini fenotipik namoyon bo‘lishida asosiy gen S-s va yordamchi genlar S1-s1, S2-s2 ta’sirida rivojlanishi isbotlangan;
g‘o‘za o‘simligining determinant tipdagi shakllarida Inl-inl, Ol-ol, S-s va yordamchi S1-s1, S2-s2 genlarining genotipdagi o‘zaro munosabati to‘liq ochib berilgan;
murakkab duragaylash orqali G. hirsutum L. turida sss1s1s2s2 – genotipga ega «0» tipli shakllar ajratilib olingan;
ilk bor g‘o‘za va soya o‘simlik nav va tizmalarida poya apikal meristemasining anatomik tuzilishini o‘sish tipiga bog‘liq holda determinant tipdagi poyaning vegetativ apeksi reproduktiv holatga o‘tishi, to‘pgulning rivojlanishi natijasida floral apikal meristemaga aylanishi isbotlangan;
g‘o‘za va soya o‘simlik nav va tizmalarida poya yaruslarining anatomik tuzilishini o‘rganish asosida xarakterli diagnostik belgilar, shuningdek, o‘simliklarning moslashishi natijasida qadimiy va yosh belgilar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
G‘o‘za va soya o‘simliklarini determinant tipda o‘sishining genetik tabiati va anatomik tuzilishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning «0» tipli «Determinant-1», «Determinant-2» va «Determinant-3» tizmalari №F5-T027 «G‘o‘za va bug‘doyda qimmatli xo‘jalik belgilarining hamda chidamlilikning irsiylanish va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini o‘rganish» loyihasida g‘o‘za o‘simligida poyani o‘sish tiplari nishonli (markerli) morfobiologik hamda ayrim xo‘jalik belgilarining irsiylanishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 4/1255-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning o‘rta tolali tizmalarida o‘simlik sonini ko‘paytirish hisobiga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan; 
g‘o‘zaning determinant shakldagi tizmalari «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 4/1255-2321-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizmalar o‘rta tolali g‘o‘za kolleksiyasi xilma-xilligini boyitish bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish