Egamberdiev Mexmonjon Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi quruqlik mollyuskalarining gel`mint lichinkalari: faunasi va taksonomiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/B198.
Ilmiy rahbar: Kuchboev Abduraxim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08.
Rasmiy opponentlar: Izzatulaev Zuvayd, biologiya fanlari doktori, professor; Shakarboev Erkinjon Berdiqulovich, biologiya fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi quruqlik mollyuskalari gel`mint lichinkalarining tur tarkibi va tarqalishini aniqlash hamda mayda shoxli hayvonlar gel`mintozlarini oldini olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysining turli tabiiy-xo‘jalik sharoitida uchraydigan quruqlik mollyuskalarida gel`mintlarning 3 sinf, 3 turkumi, 8 oila, 16 avlodiga mansub 24 turlari lichinkalarining biologik xususiyatlari aniqlangan;
aniqlangan 46 turga oid quruqlik mollyuskalarni 18 turi gel`mintlar uchun oraliq xo‘jayin ekanligi isbotlangan;
quruqlik mollyuskalaridan: Xeropicta candacharica, Novisuccinea evoluta, Zonitoides nitidus, Vallonia costata va Pseudonapaeus sogdianus turlari 7 tur trematodalar lichinkalari uchun; Deroceras leave, Deroceras reticulatum va Fruticicola phaeozona turlari – 2 tur sestodalar lichinkalari uchun; Deroceras laeve, Deroceras reticulatum, Succinea putris, Candaharia levanderi va Zonitoides nitidus turlari – 3 tur nematodalar lichinkalari uchun oraliq xo‘jayin sifatida aniqlangan;
ilk bor gel`mintlarning oraliq xo‘jayini – quruqlik mollyuskalarining Angiomphallia regeliana, Pseudonapaeus sp. va Xeropicta candacharica turlari (rDNK 18S, ITS1) molekulyar-genetik jihatdan identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi quruqlik mollyuskalarining gel`mint lichinkalari faunasi va taksonomiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quruqlik mollyuskalari ishtirokida rivojlanadigan gel`mintozlar va ularning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 7 iyuldagi 02/23-984-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida, veterinariya tashkilotlarida quruqlik mollyuskalari ishtirokida rivojlanadigan gel`mintozlarni aniqlash, davolash va oldini olish imkonini bergan;
quruqlik mollyuskalari va ulardagi ayrim parazit turlarining ribosomal DNK 18S, ITS1 va 28S geni sohalari nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbank bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2020 yil 10 avgustdagi ma’lumotnomasi, NCBI). Natijada MF351724.1 - Angiomphalia regeliana, MF398496.1 - Protostrongylus rufescens, MF398498.1 - Muellerius capillaris, MF398532 1 - Pseudonapaeus sp, MF398537.1 - Muellerius capillaris, MF398539 1 - Xeropicta candasharica, MK796127.1 - Dicrocoelium dendriticum, MK796833.1 - Brachylaima sp. identifikatsiya raqamlari olingan va turlarni molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi quruqlik molyuskalarining Hygromiidae, Parmacellidae, Vallonidae, Buliminidae, Ariophantidae va Succineidae oilalaridan 7 ta turdan 100 nusxa mollyuska namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 18/1255-2036-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar quruqlik mollyuskalari fondini boyitgan va turlar xilma-xilligini aniqlash imkonini bergan.