Jaynaqov Mirzohid Sharabutdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soyaning ayrim navlari hamda kolleksiyasi namunalari donlaridagi yog‘ va oqsillar miqdori, oqsillarning elektroforetik tarkibi hamda peroksidaza fermentining faolligi», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B178.
Ilmiy rahbar: Yunusxanov Shavkat, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01.
Rasmiy opponentlar: Davronov Qodirjon Sotvoldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Sagdiev Mirkasim Taxirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soyaning ayrim navlari hamda genetik kolleksiyasi namunalari doni tarkibidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida hosildor, don sifati yuqori, stress omillarga chidamli tizma va navlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor soya navlari hamda genetik kolleksiyasi namunalari doni tarkibining biokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda doni tarkibida yuqori miqdorda oqsil, yog‘ va stress omillarga chidamlilikni ta’minlovchi birikmalardan biri bo‘lgan peroksidaza fermentini tutuvchi nav hamda tizmalar aniqlangan;
soyaning 8 ta navlari suvda eruvchi oqsillarining elektroforetik spektri bo‘yicha taqqoslanganda “Orzu” navining fraksiyalarida Rf-0,79 va Rf-0,83 ga teng nisbiy elektroforetik harakatchanlikka ega komponentlar tuzilishi va joylashishi bilan keskin farqlanishi isbotlangan;
soya donida oson eruvchi oqsil fraksiyalarini elektroforetik spektrida mavjud komponentlar soni ayrim navlarda 14 tagacha, genetik kolleksiya namunalarida 11–12 tagacha ekanligi aniqlangan;
soya donining yog‘sizlangan va yog‘sizlanmagan unlarida peroksidaza fermenti faolligi farq qilishi kuzatilgan hamda yog‘sizlantirishdan so‘ng ferment faolligi keskin kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Soyaning ayrim navlari hamda kolleksiyasi namunalari donlaridagi yog‘ va oqsillar miqdori, oqsillarning elektroforetik tarkibi hamda peroksidaza fermentining faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gen-8, Gen-15, Gen-17, Gen-18 tizmalari №FA-AQX-2018-24 “Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida ajratilgan soya o‘simligini genetik kolleksiya tizmalarida moy va oqsil miqdorini hamda ularni sifatlari bo‘yicha baholash” mavzusidagi amaliy loyihada boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 4/1255-1970-son ma’lumotnomasi). Natijada, soya genetik kolleksiyasi namunalaridan hosildor, stress omillarga chidamli va biokimyoviy ko‘rsatkichlari yuqori tizmalar ajratib olish imkonini bergan;
soyaning “Orzu”, “Do‘stlik”, “Oyjamol”, “Oltintoj”, “Ustoz MM-60”, “Vilana”, “Selekta-302”, “Slaviya” navlari Andijon viloyati “Safarobod yulduzi” fermer xo‘jaligida 2,7 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 02/021-3460-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu navlarni oqsil va moy miqdori yuqori, stress omillarga chidamliligi hisobiga respublika fermer xo‘jaliklarida iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish