Mansurova Guli Baxadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shma nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishiga ta’sir etuvchi omillar», 14.00.19 - Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1095.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Sultanov Saidazim Nasirovich tibbiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qo‘shma nur terapiyasi qabul qilgandan so‘ng bachadon bo‘yni saratoni qaytalanishiga ta’sir qiluvchi omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan davolash tartibini takomillash-tirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shma nur terapiyasi o‘tkazilgan bemorlarning parametral to‘qmalar, yonbosh limfa tugunlari va bachadon bo‘ynida o‘sma asoratlarini qaytalanishiga olib keladigan morfologik belgilarining salbiy endofitli darajasini rivojlanishga olib kelishi  isbotlangan; 
yassi hujayrali muguzlanuvchi bachadon bo‘yni saratonida aralash o‘sishida bachadon tanasiga yoki paraaortal limfa tugunlariga metastaz berganda 51 sm3-100 sm3  o‘lchamdagi o‘sma hajmida nurli davolash ta’siriga binoan kasallikning qaytalanish xavfi nibatan kamayish darajasi isbotlangan;
residivning yuqori xavfiga bachadon bo‘ynining bez-yassi to‘qimali saratoniga chalingan yoki noxush o‘sish ko‘rsatkichlariga ega-endofit va 101 sm3 dan yuqori hajmli adenokarsinoma bilan xastalangan bemorlar moyilligi, qaytalanishni bartaraf etishda yordamchi davolash tartibini nur terapiyasini boshlashdan oldingi  samarasi isbotlangan;
qo‘shma nur terapiyasi o‘tkazilgan bemorlarning nur bilan davolashdan oldin immunokorreksiya, vitaminoterapiya va gemogloblin miqdorini davriy ravishda nazoratini birgalikda olib borish zarurligi kasallikning oldini olishdagi korrelyasion ishonchli o‘rni isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qo‘shma nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishiga ta’sir etuvchi omillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Aralash nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 12 dekabrdagi 8n-r/191 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma aralash nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishi erta tashxislash  va davolash algoritmi asosida asoratlarni oldini olish imkonini bergan;
qo‘shma nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishiga ta’sir etuvchi omillarini  baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar onkologiya dispanseri torakoabdominal onkologiya va Toshkent tibbiyot akademiyasi uchinchi klinikasi rentgen radiologiya bo‘limlari amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi 8n-z/73 ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi nur tashxisi usullarning etarli xajmini tanlab olishni optimallashtirish, samaradorligini oshirish va qo‘shma nur terapiyasidan keyin bachadon bo‘yni saratonini qaytalanishiga ta’sir etuvchi omillarni bashoratlash hamda kasallikning asoratlarni kamaytirish imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish