Saidkarimova Nodira Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Raman spektroskopiya usulida antibiotik guruh dori vositalarining tahlil usullarini takomillashtirish», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Far.52.
Ilmiy rahbar: Yunusxodjaev Axmatxodja Nigmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent farmatsevtika instituti, “MedStandart” MChJ ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xamdamov Mirzabotir Mirzaxaydarovich, farmatsevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antibiotik guruh dori vositalarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika sohasi ishlab chiqarish jarayoni va sifat nazorati tizimiga yangi, yuqori aniqlikdagi Raman spektroskopiya usulini joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Raman spektroskopiya usuli yordamida mahalliy farmatsevtika bozoridagi antibiotik guruh dori moddalari hamda tabletka, kapsula, kukun, liniment, shamcha, in’eksion eritma kabi tayyor dori shakllarining sifatini baholashda olingan spektrlardagi asosiy kombinatsion sochilish yo‘llari aniqlangan;
ampisillin, amoksisillin, levomisetin tabletkalari, benzilpenisillin natriy, sefazolin, sefuroksim, seftriakson, sefotaksim kukunlari, azitromisin kapsulalarining chinligida tebranish chastotalari aniqlangan;
amikatsin sul`fat in’eksion eritmasi hamda sintamisin linimenti va metronidazol shamchasi kabi yumshoq dori shakllarini asosiy va yordamchi moddalarining kombinatsion sochilish spektrlari belgilangan;
levofloksatsin gemigidrat substansiyasi misolida texnologik jarayonida degidratatsiya xodisasi aniqlanib, unda antibakterial faollikni ma’lum darajada pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Raman spektroskopiya usulida antibiotik guruh dori vositalarining tahlil usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Siazit» kapsulasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK tomonidan tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (ND 42 Uz-6001-2020). Natijada, keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ushbu preparat «Remedy Group» QK tomonidan ishlab chiqarilishi imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi davlat farmakopeyasiga «Raman spektroskopiya usulining umumiy farmakopeya maqolasi» kiritilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUKning 2019 yil 24 sentyabrdagi 29/02-2403-son xati). Natijada, mahalliy farmatsevtika bozorida mavjud antibiotik guruhiga mansub dori vositalarining sifat me’yorlarini belgilashda Raman spektroskopiya usulini qo‘llash imkonini bergan.