Mirxodjaeva Dilobar Davronbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dukkakli don ekinlaridan olingan unlarni non-bulka mahsulotlari sifatiga ta’sirini tadqiqot qilish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T883.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusrat Radjabovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «O‘zdonmahsulot» AK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dukkakli don ekini moshdan olingan unlardan foydalanib, non va non-bulka mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
non mahsulotlari sifatini yaxshilash va biologik qimmatini oshirish uchun oqlangan yoki undirilgan mosh doni unining tayyor mahsulot sifati, oziqaviy va biologik qimmatiga mikro- va makroelementlarning ta’siri aniqlangan;
qoq-non mahsulotlari, non qalamchalari reseptlarida undirilgan mosh uni qo‘shishning sensibillovchi samarasi isbotlangan;
mosh uni qo‘shilgan mahsulotlarda oqsilga bo‘lgan kunlik talabning qondirilish darajasi nazorat qiymatiga nisbatan 23,1 – 38,6 % ga, lizin miqdori 3,3 – 4,9 marta ortishi aniqlangan;
mosh unidan foydalanish uglevodlar miqdorining qamayishi, oqsillar bilan boytilishi sababli glikemik indeks va glikemik yuklamaning pasayishini ta’minlashi, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmasligi isbotlangan;
non mahsulotlari ishlab chiqarishda mosh unini 10% gacha qo‘shib, mono- va disaxaridlarning miqdorini 2,0 – 4,8 marta ortib, bijg‘ituvchi mikrofloraning hayot faoliyati jadallashishi hisobiga, bijg‘ish vaqtini 30 daqiqaga qisqartirishi isbotlangan;
mosh uni qo‘shilgan non mahsulotlari, o‘zbek obi-noni va qoq-non mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi bijg‘ish jarayonini qisqartirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Moshning har hil turdagi unlaridan foydalangan holda unli mahsulotlar sifatini yaxshilash va oziqaviy xavfsizligini ta’minlash  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mahalliy mosh uni qo‘shilgan 1-navli bug‘doy unidan tayyorlangan non mahsuloti ishlab chiqarish texnologiyasi «Toshkent non» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Toshkent non» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining 2020 yil 23 noyabrdagi 01-1/226-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqsil va biologik faol nutrientlar bilan boyitilgan, lizin miqdori 1,2–1,7 barobar oshirilgan non mahsuloti ishlab chiqarish imkonini bergan; 
mosh uni qo‘shilgan “Grissini” non qalamchalari ishlab chiqarish texnologiyasi «Toshkent non» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Toshkent non» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining 2020 yil 23 noyabrdagi 01-1/226-son ma’lumotnomasi). Natijada, un sarfi o‘rtacha 36,3 %, shakar 2,0 %, quruq modda miqdoriga nisbatan Glikemik Indeks 23,7–32,2 % gacha kamaytirilgan un mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish