Sayfullaeva Gulhayo Ixtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriksion-mustahkamlik xossasiga ega termoreaktiv polimer kompozisiyasi va polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1897.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjan Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Risqulov Alimjon Axmadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Toir Tursunovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriksion-mustahkamlik xossasiga ega termoreaktiv polimer kompozisiyasi va polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer tarkibiga kiritilgan orgonomineral ingredientlarning turi, miqdori va nisbatiga bog‘liq holda kompozision termoreaktiv epoksid polimer materiallarining elektrofizik va antifriksion-mustahkamlik xususiyatlarining o‘zgarishi aniqlangan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitlarida ishlaydigan paxtani qayta ishlash mashina va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llash uchun past ishqalanish koeffisientiga, yuqori elektr o‘tkazuvchan va mustahkamlik xossasiga ega bo‘lgan kompozision elektr o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkam termoreaktiv epoksid polimer materialining optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
mashinasozlik maqsadlarida yuqori elektr o‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lgan yangi kompozision termoreaktiv epoksid polimer materiali va ular asosida qoplamalar olish usuli ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitlarida ishlaydigan, organomineral to‘ldiruvchilarni qo‘llab olingan antifriksion-mustahkam kompozision epoksid polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar past ishqalanish koeffisientiga, yuqori elektrofizik va mustahkamlik xossasiga ega bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mashinasozlik uchun yuqori elektrofizik va antifriksion-mustahkamlik xossasiga ega termoreaktiv polimer kompozisiyasi va polimer qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Modifikatsiyalangan termoreaktiv kompozision polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalar olish texnologik reglamenti”ga «Piskent paxtatozalash zavodi» AJ bilan o‘rtatilgan tartibda kelishilgan (TR40.4-14952796-10:2020). Natijada, termoreaktiv kompozision polimer materiallar asosida antifriksion-eyilishbardosh va yuqori elektrofizik xossalarga ega qoplamalar olish imkonini bergan;
ED-16 smolasi asosidagi elektro‘tkazuvchan va antifriksion-mustahkam termoreaktiv polimer qoplama Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekpaxtasanoat ilmiy markazi» AJning 2021 yil 16 martdagi 01-13/120-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasini qayta ishlashda unumdorlikni oshirish hamda mashina va mexanizmlarning energiya sarfini kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision polimer qoplama Piskent paxta tozalash zavodida pnevmatik transportning ishchi organlarida antifriksion-eyilishbardosh qoplama sifatida joriy etilgan («Toshkent Mintaqaviy paxta terminali» MChJ Piskent paxta tozalash aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 dekabrdagi 88-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasining mexanik shikastlanishi 0,75 % ga, urug‘lar shikastlanishi 2,5–3,9% ga, energiya sarfini 10–14% ga pasaytirish, unumdorlikni 7–14% oshirish, yong‘in chiqish xavfini kamaytirish imkonini bergan.