Allayarov Shamsiddin Amanullaevichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda soliq intizomini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc /Iqt94.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda soliq intizomini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatida qaytarilmagan ortiqcha to‘lovlar hamda ortiqcha undirib olingan soliq summalariga qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan 14 foiz stavkada foiz to‘lashni joriy etish orqali soliq intizomiga ikki tomonlama rioya etishni ta’minlash asoslangan;
soliq to‘lovchilarga bir yildan uch yilgacha muddatga soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash taklif etilgan;
transfert narxni belgilashda 20 foiz va undan yuqori sun’iy kamaytirgan holatlarda to‘lanmay qolgan soliq to‘lovlarini byudjetga undirish orqali soliq intizomi takomillashtirilgan;
markazlashgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish uchun byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 15 foiz etib belgilash hamda maxsus hisobraqam orqali harakatlantirish asosida byudjetga to‘lovlarni ta’minlash asoslangan; 
soliq intizomining moliyaviy xavfsizlikka ta’sirini baholashning matematik apparati ishlab chiqilgan va ularning uzoq va qisqa muddatli bog‘liqlikda amal qilish koeffisenti aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda soliq intizomini mustahkamlash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy izlanishlar asosida:
muddatida qaytarilmagan ortiqcha to‘lovlar hamda ortiqcha undirib olingan soliq summalariga qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan 14 foiz stavkada foiz to‘lashni joriy etish orqali soliq intizomiga ikki tomonlama rioya etishni ta’minlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 06/04-02-01-31/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini soliq idoralari tomonidan olib qo‘ymaslik ta’minlangan va bu soliq to‘lovchilarning bank kreditlariga bo‘lgan talabini ma’lum bir miqdorga kamaytirgan;
soliq to‘lovchilarga bir yildan uch yilgacha muddatga soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (97-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 06/04-02-01-31/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir tomondan, soliq to‘lovchilar o‘z aylanma mablag‘lariga ega bo‘lishiga qulay imkoniyat yaratilgan, boshqa tomondan to‘lash muddati kechiktirilgan summaga foiz to‘lash tartibi joriy qilinganligi sababli byudjetga to‘lovlar intizomi mustahkamlangan;
transfert narxni belgilashda 20 foiz va undan yuqori sun’iy kamaytirgan holatlarda to‘lanmay qolgan soliq to‘lovlarini byudjetga undirish orqali soliq intizomi takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (106-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 06/04-02-01-31/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati kabi usullar bilan ta’minlash mumkinligi joriy qilingan;
markazlashgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish uchun byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 15 foiz etib belgilash hamda maxsus hisobraqam orqali harakatlantirish asosida byudjetga to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (176-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 06/04-02-01-31/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro amaliyotda ham, respublika ichida ham ko‘p uchraydigan “soliq muammosi”ni bartaraf qilishga erishilgan;
soliq intizomining moliyaviy xavfsizlikka ta’sirini baholashning matematik apparati ishlab chiqilgan va ularning uzoq va qisqa muddatli bog‘liqlikda amal qilish koeffisentini aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2021 yil fiskal strategiyani ishlab chiqishda, hamda davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha xatarlarni boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 06/04-02-01-31/1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yil I choragida aynan mazkur uslubiyot asosida soliq intizomining moliyaviy xavfsizlikka ta’sirini baholashning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va istiqbolini aniq prognoz qilish asosida mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, davlat fiskal imkoniyatlari bardavomligi va iqtisodiyot real sektorida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish