Qurbonov Nematilla Murodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ozuqabop donlarni pog‘onali ravishda maydalab-ezgichning parametrlarini asoslash», 05.07.01-Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T16.64.
Ilmiy rahbar: Astanaqulov Komil Dullievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori; Xudoyorov Anvar Nazirjonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ozuqabop donlarni pog‘onali ravishda sifatli maydalab ezishni amalga oshiradigan kichik maydalagich-ezgich qurilmani ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan qurilmaning yuqori kamerasida makkajo‘xori so‘tasi va ozuqabop donlarni maydalagich pichoqlari ta’sirida bo‘laklarga bo‘linish jarayonining mohiyati ochib berilgan hamda ular asosida maydalagich pichog‘i va maydalash kamerasining parametrlari aniqlangan;
yuqori kameradan maydalanib tushayotgan mahsulotni jadal ravishda maydalash uchun rotorga qo‘zg‘aluvchan biriktirilgan bolg‘achali ishchi qism va panjarasimon to‘siqdan iborat yakuniy maydalash kamerasi ishlab chiqilgan;
maydalagich bolg‘achalarining talab etiladigan aylanma tezligi donlarni maydalashga ketadigan energiya va qarshilik kuchini hisobga olgan holda asoslangan;
maydalagich-ezgich qurilma ishchi qismlarining maqbul parametrlari donlarni pog‘onali ravishda maydalaganda tarkibida yirik va juda mayda o‘lchamli donachalar ko‘p bo‘lmagan, granulometrik tarkibi bir xil maydalangan mahsulot olish shartidan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Donlarni pog‘onali ravishda maydalab-ezgichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
maydalagich-ezgich qurilmani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/023–2610–son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy asoslangan konstruksiya va parametrlarga ega bo‘lgan yuqori hamda pastki maydalash kameralaridan tashkil topgan maydalagich-ezgich qurilmani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan donlarni pog‘onali ravishda maydalagich-ezgich qurilma Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hamda Namangan viloyati Uychi tumanidagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/023–2610–son ma’lumotnomasi). Natijada don maydalagich qurilma qo‘llanilganda mavjud qurilmalarga nisbatan foydalanishdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 1,1 martagacha kamayishi va maydalangan mahsulot sifatini 15-20 foizga oshirishga erishilgan.