Igamberdiev Anvarjon Uktamovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproqqa minimal ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T813.
Ilmiy rahbar: Boymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Abduvaxobov Dilshod Abduvaxidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichining kam energiya sarflagan holda yuqori ish sifatini ta’minlaydigan turi va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichining turi va konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan hamda uning texnologik ish jarayoni asoslangan;
kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichining tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish hamda pushta olish jarayonlarini ifodalovchi matematik modellar uning parametrlari (diametri, egrilik radiusi, harakat yo‘nalishiga nisbatan o‘rnatilish burchagi) va harakat tezligini hisobga olgan holda olingan;
kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichi parametrlarining o‘zgarish chegaralari sferik disk kesayotgan tuproq palaxsasining shakli va o‘lchamlarini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan analitik ifodalar asosida aniqlangan;
pushta olgich parametrlarining talab darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan maqbul qiymatlari kombinatsiyalashgan agregatning
agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tuproqqa minimal ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichining parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘zapoyasi yulib olingan dalalarda erlarni pushtali ekishga tayyorlash bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun dastlabki talablar va tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqigan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 02/027-337-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa minimal ishlov berish orqali erlarni pushtali ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
g‘o‘zapoyasi yulib olingan dalalarda erlarni pushtali ekishga tayyorlash uchun ishlab chiqilgan tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiya-lashgan agregat Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani, Toshkent viloyati Yangiyo‘l va Quyichirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 02/027-337-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilgan qatlamda o‘lchami 50 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyalar miqdori 82,4 foiz, hosil qilingan pushtalar balandligi esa 24,7 sm ni bo‘lishiga erishilgan;
tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi 02/027-337-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqqa minimal ishlov berib erlarni pushtali ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.