Kuttibekova Guljan Tulepbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda badiiy ijodning innovatsion texnologiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/F Ped 24.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020. Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Shavkat Saparovich, pedagogika  fanlari doktori, professor; Xalilov  Faxriddin Nuriddinovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda badiiy ijodning innovatsion texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich sinf tasviriy san’at va musiqa darslarida artpedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayonining o‘ziga xosligi badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirishda sub’ekt-sub’ekt munosabatlari bilan individual tanlov erkinligining o‘zaro qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligi muhimligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
artpedagogika vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni estetik, hissiy va ijodiy rivojlantirish jarayonlari musiqaterapiya, raqsterapiya, izoterapiya, qo‘g‘irchoqterapiya, ertakterapiyaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijaviyligini didaktogen omillarni hisobga olish bilan ham bog‘liqligini asoslash orqali takomillashtirilgan;
ijodiy-rivojlantiruvchi, refleksiv, kommunikativ-ijtimoiy mashqlar, reproduksiyalar, rasmlar bilan ishlash, his-tuyg‘uni ifodalash, musiqa obrazini modellashtirish, prezentativ, reseptiv, integrativ va faol musiqaterapiyani tizimli qo‘llash algoritmini ishlab chiqish asosida san’at turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda artpedagogik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik modeli takomillashtirilgan;
kompleks yondashuv asosida o‘quvchilarning estetik tarbiyalanganligini aniqlashning kognitiv, qadriyatli-yo‘naltiruvchi, ijodiy, faoliyatli mezonlari bilan badiiy-estetiklikning rivojlanganligini baholashning adaptiv metodikalari internal aloqasini ta’minlash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini baholashning diagnostik tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalashda badiiy ijodning innovatsion texnologiyalarini qo‘llashga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf tasviriy san’at va musiqa darslarida artpedagogik texnologiyalarni qo‘llash jarayonining o‘ziga xosligini aniqlashtirish, badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirishda sub’ekt-sub’ekt munosabatlari bilan individual tanlov erkinligining o‘zaro qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligi muhimligini asoslashga doir takliflardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2785-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini artpedagogik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
artpedagogika vositasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni estetik, hissiy va ijodiy rivojlantirish jarayonlari musiqaterapiya, raqsterapiya, izoterapiya, qo‘g‘irchoqterapiya, ertakterapiyaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish natijaviyligini didaktogen omillarni hisobga olish bilan ham bog‘liqligini asoslash, san’at turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda artpedagogik texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik modeli takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  PZ-2017-0927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2017-2019 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2785-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini estetik tarbiyalash jarayonida maktab va oilaning artpedagogik texnologiyalardan hamkorlikda foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kompleks yondashuv asosida o‘quvchilarning estetik tarbiyalanganligini aniqlashning kognitiv, qadriyatli-yo‘naltiruvchi, ijodiy, faoliyatli mezonlari bilan badiiy-estetiklikning rivojlanganligini baholashning adaptiv metodikalari internal aloqasini ta’minlash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining estetik tarbiyalanganlik darajasini baholashning diagnostik tizimini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan MUZ-2015-0725140051 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini boyitishda inglizcha-ruscha-o‘zbekcha frazemalar lug‘atini yaratish va amaliyotga tatbiq etish” (2016-2018 yil.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 avgustdagi 89-03-2728-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy va musiqiy asarlarni tanlash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari, estetik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish