Alikulov Azamat Tuygunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fond bozori orqali kapital oqimini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt943.
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Egamqul Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fond bozori orqali kapital oqimini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ tuzilmalarni aksiya va obligatsiyalar turlariga mos muqobil variantlar asosida moliyalashtirish va tanlab olingan variantning eng maqbul ekanligi bo‘yicha nazoratni tashkil etish taklif etilgan;
davlat ishtirokidagi korporativ tuzilmalarga fond bozorida kapitalni baholash bo‘yicha investision maslahat xizmatini joriy qilish orqali bank kreditlariga nisbatan arzon moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati asoslangan;
neft’-gaz tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishga tayyorlashda investorlar tomonidan eng ko‘p talab bildirilgan narx diapazoni orqali o‘rta vaznli qiymatini belgilash taklif etilgan;
neft’-gaz tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishga tayyorlash jarayonida chakana investorlarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda taklif etilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismini chakana investorlarga taqsimlashni oldindan belgilab qo‘yish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda fond bozori orqali kapital jalb qilishni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ tuzilmalarni aksiya va obligatsiyalar turlariga mos muqobil variantlar asosida moliyalashtirish va tanlab olingan variantning eng maqbul ekanligi bo‘yicha nazoratni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi, 404-son qarori 1-ilovaci bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan operativ boshqaruvidagi davlat ishtirokidagi korxonalarga kapitalni jalb etish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 4840/03-10-son ma’lumotnomasi.). Natijada, jalb qilingan moliyaviy resurslarning daromadlilik darajasini oshirish hamda davlatga tegishli korporativ tuzilmalarning istiqbolda moliyaviy resurslar jalb qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilishida bank kreditlariga muqobil variant sifatida fond bozoridan foydalanish imkoniyatlari oshirilgan;
davlat ishtirokidagi korporativ tuzilmalarga fond bozorida kapitalni baholash bo‘yicha investision maslahat xizmatini joriy qilish orqali bank kreditlariga nisbatan arzon moliyaviy resurs jalb qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi «Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-6096-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 4840/03-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliya bozori orqali kapital jalb qilishda fond bozori va bank tizimi orqali raqobat muhitini yaxshilash, korporativ tuzilmalarga arzon moliyaviy resurslarni izlab topish, strategik rivojlanish bo‘yicha rejalar ishlab chiqish hamda kapital bozorini tahlil qilish va baholash tizimi takomillashtirilgan;
neft’-gaz tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishga tayyorlashda investorlar tomonidan eng ko‘p talab bildirilgan narx diapazoni orqali o‘rta vaznli qiymatini belgilash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2020 yil 11 noyabrdagi XB-370/11-sonli buyrug‘iga asosan «Neft va gaz quduqlarini sinash» AJ va «Qashqadaryoneftgazishchita’minot» AJlari aksiyalarini ommaviy joylashtirish strategiyasiga kiritilgan («Neft va gaz quduqlarini sinash» AJning 2020 yil 21 oktyabrdagi 1416/13-son, «Qashqadaryoneftgazishchita’minot» AJning 2020 yil 21 oktyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada, eng ko‘p ovoz jamlagan narx umumiy investorlar tarkibida eng yuqori talab darajasini aniqlab berib IPO/SPOlarni amalga oshirish uchun narxlarni belgilashning odilona tizimi shakllantirilgan;
neft’-gaz tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishga tayyorlash jarayonida chakana investorlarning moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda taklif etilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo‘lmagan qismini chakana investorlarga taqsimlashni oldindan belgilab qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2020 yil 11 noyabrdagi XB-370/11-sonli buyrug‘iga asosan «Neft va gaz quduqlarini sinash» AJ va «Qashqadaryoneftgazishchita’minot» AJlari tomonidan IPO strategiyasini shakllantirishda foydalanilgan («Neft va gaz quduqlarini sinash» AJning 2020 yil 21 oktyabrdagi 1416/13-son, «Qashqadaryoneftgazishchita’minot» AJning 2020 yil 21 oktyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlarni ommaviy joylashtirishda investorlar o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarni taqsimlash jarayoni optimallashtirilgan.