Mirraximova Tanzila Axrorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «To‘q qizil exinatseya va tikanli artishok o‘simliklari asosida olingan yangi dori preparatlarini standartlash», 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Far22.
Ilmiy maslahatchi: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Komilov Xojiasror Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor o‘simlik xomashyolari asosida olingan yangi gepatoprotektor va o‘t haydovchi ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarining sifatini nazorat qilish hamda ularni standartlash uchun zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy to‘q qizil exinatseya va tikanli artishok o‘simliklari xomashyosi asosida olingan quruq va suyuq ekstraktlarning tarkibida BFMlaridan flavonoidlar, aminokislotalar, askorbin kislotasi, vitaminlar, makro- va mikroelementlar, monosaxaridlar, oshlovchi moddalar aniqlangan;
to‘q qizil exinatseya quruq ekstrakti sifatini baholash hamda standartlashning yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, mass-spektrometriya usullari ishlab chiqilgan;
suyuq ekstrakt sifatini ul`trabinafsha va mass-spektroskopiya usullari asosida baholash hamda standartlashning maqbul uslublari ishlab chiqilgan;
«Sinaron Bio» 450 mg li kapsulalarining chinligi va miqdoriy tahlilini olib borish uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiya usuli ishlab chiqilgan hamda oksidolchin kislotalari yig‘indisi xlorogen kislotasiga nisbatan standartlash me’yorlari ishlab chiqilgan;
tikanli artishok asosida ishlab chiqilgan «Gepatonorm» BFQsining sifat me’yorlari belgilangan va uning biologik samaradorligi hamda bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘q qizil exinatseya va tikanli artishok o‘simliklari asosida olingan yangi dori preparatlarini standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Quritilgan tikanli artishok barglaridan suvli spirtli ekstrakt olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05409, 12.05.2017 y). Natijada, mahalliy tikanli artishok asosida suyuq ekstraktii yangi usulda ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Sinaron Bio» 450 mg kapsulalari uchun korxona farmakopeya maqolasi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK tomonidan tasdiqlangan (KFM 42 Uz-22175941-2999-2016) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma, №01214/12/16). Natijada, mahalliy tikanli artishok xomashyosidan olingan gepatoprotektor va safro haydovchi dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«Gepatonorm» biologik faol qo‘shimchalar uchun Texnik shartlar tasdiqlangan (Ts 15005859-09:2018) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan tasdiqlangan (TI 15005859-09:2018). Natijada, «AKTASH» xususiy farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasida «Gepatonorm» fil`tr-paketchali choyi va nastoykasi biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Remedy Group» O‘zbek-Britaniya qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda «Sinaron Bio» 450 mg kapsulalari uchun ishlab chiqilgan tajriba sanoat reglamenti tasdiqlangan (OPR 08378-422888261-2016). Natijada, mazkur tajriba sanoat reglamentining tasdiqlanishi gepatoprotektor va safro haydovchi ta’sirga ega dori vositasining sifatini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish imkonini bergan.