Omonov Mamatqobil Ismoilovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlashning seleksion-genetik asoslarini ishlab chiqish», 06.02.01 – Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi. Qorako‘lchilik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/V110.
Ilmiy maslahatchi: Aripov O‘ktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.V.52.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zibaev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Jabborov Abdurashit Rayimovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo zot tipli sur qorako‘l qo‘ylarining noyob va antiqa rangbarangliklar bo‘yicha genofondini saqlash, tiklash va ko‘paytirishning ilmiy asoslangan seleksion-genetik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qorako‘l zotli qo‘ylarning zot strukturasi asosida genofondini saqlash, tiklash va ko‘raytirish barobarida, Surxondaryo zot tipli sur qo‘zilar terisida surlanish darajasi va bir tekisligi, ipaksimonligi va yaltiroqliligi hamda sur terilarining tovarlik sifatini jahon mo‘yna bozori talablari asosida yaxshilash va takomillashtirishning yangi ilmiy va amaliy seleksion-genetik usullari yaratilgan;
turli rangbaranglikdagi Surxondaryo zot tipli sur qorako‘l qo‘ylari jun qoplamlari tuzilishi, o‘sishi va morfo-biologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha mahsuldorlik sifatidagi farqlanish xususiyatlari aniqlangan;
turli rang va zot tipli sur rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari qon tarkibidagi biokimyoviy ko‘rsatkichlar (ferment, kaliy va boshqalar) miqdori va uning surlanish hamda hayotchanligiga bog‘liqligi aniqlangan;
Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylarda hayvonlarni turli juftlash variantlariga bog‘liq holda qimmatbaho, noyob va antiqa sur rangbarangliklarning irsiylanish darajasi va ularning tavsiflari aniqlangan;
ilk bor Surxondaryo zot tipli sur qorako‘l qo‘ylarining evolyusion kelib chiqishi asosida ular genofondining noyob populyasiyasini saqlab qolish, tiklash va ko‘paytirishning tizimli seleksion-genetik usullari  yuzasidan amaliy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Surxondaryo sur qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlashning seleksion-genetik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surchilikka ixtisoslashgan qo‘y otarlarida noyob va qimmatbaho bronza, platina, yantar`, antratsit rangbaranglikdagi sur qo‘ylar genofondini saqlab qolish, tiklash va ko‘paytirish, sur qorako‘l terilari sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ, “Alimardon G‘anisher”, “Allaberdi Temurbek”, “Xo‘shboq Orif” va “Elomon Xumoyun” qorako‘lchilik  fermer xo‘jaliklari amaliyotiga joriy qilingan (Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2019 yil 24 dekabrdagi 39/01-232-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayd etilgan xo‘jaliklarda rentabellik 20–35 % ga oshgan va elita navli teri sifatini 35–65 % ga yaxshilash imkonini bergan;
sur rangbarangliklar sifatini yaxshilashning kompleks seleksion-genetik usullari Surxondaryo viloyati “Qorako‘lchilik” uyushmasida amaliyotga joriy qilingan (Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining 2019 yil 24 dekabrdagi 39/01-232-son ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘ylarning sur rangbarangliklarini tiklash va ko‘paytirish hamda sur qorako‘l terilari  sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Surxondaryo zot tipidagi noyob rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlash bo‘yicha bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 25 dekabrdagi 02/23-615-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika qorako‘lchilik xo‘jaliklarida yuqori mahsuldor qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlash, tiklash va bosh sonini ko‘paytirish hamda tarmoqni yanada rivojlantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish