Tureev Abat Arisovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproqlarida kuzgi bug‘doy agrotsenozining hozirgi holatini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B411.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jollibekov Berdiyar Baxtiyarovich, qishloq ho‘jaligi fanlar doktori; Kudaybergenova Ulbiyke Kalibekovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproqlarida kuzgi bug‘doy agrotsenozining hozirgi holatini ekologik baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi markaziy zonasining sho‘rlangan tuproq sharoitida, quyosh resurslariga bog‘liq kuzgi bug‘doy agrotsenozidagi hosildorlik jarayonlarining shakillantirishning ekologik asoslari  aniqlangan;
kuzgi bug‘doy agrotsenozining vegetatsiya davrida quyoshning fotosintez qiluvchi faol radiatsiya dinamikasi, optimal namlik, mineral o‘g‘itlarning miqdorlari va intensiv texnologiya asosida ekologik potensiali ochib berilgan; 
kuzgi bug‘doy agrotsenozining vegetatsiya davrida, ekin maydonining optimal strukturasin shaklantirish, barglarning indeks darajasini tezlik bilan o‘sishi asosida fotosintez qiluvchi faol radiatsiyadan foydalanish koeffisienti aniqlangan; 
agrotsenozning ekologik holatini yaxshilash maqsadida kuzgi bug‘doy maydonining strukturasini optimallashtirish orqali fotosintez qiluvchi faol nurlanish samaradorligini va fotosintez potensialining unumdorligini oshirish buyicha tizimli yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sho‘rlangan tuproqlarida kuzgi bug‘doyning agrotsenozining hozirgi holatini ekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qishloq xo‘jaligi ekinlari agrotsenozlarining ekologik holatini, aridizatsiya va cho‘lga aylanish, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi allyuvial o‘rta qumoq tuproqlarida qayta tiklanadigan suksessiyani aniqlashda ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida agrotsenozlar holatini ekologik monitoring dasturlarini ishlab chiqishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 19 iyundagi 02/18-1-1266-son  ma’lumotnomasi). Natijada, bu agroekologik bosim parametrlarini saqlab qolish va atrof-muhit holatini  ekologik baholash tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan; 
fotosintez qiluvchi faol radiatsiyadan foydalanish koeffisienti Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq ho‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 01/07-1420-son  ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi bug‘doyning quyosh energiyasi, namlik va mineral o‘g‘itlar resurslari bo‘yicha ekologik sig‘imini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish