Yuldoshev Yusuf Sheralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nutq signallariga dastlabki ishlov berish algoritmlari», 
05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T894.
Ilmiy rahbar: Babomuradov Ozod Juraevich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Olimjon Namozovich, PhD.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sharoitlarda yozib olingan nutq signallarini xalaqitlarini kamaytirish va silliqlash,  chastotali sohalariga ishlov berish,  normallashtirish va segmentlash algoritmlari hamda dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalaqitning spektral zichligini inobatga olgan holda nutq signalidagi xalaqitlarni kamaytirish va silliqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ekstremumlarni tarqalish qonuniyatlari asosida nutq joylashgan sohani aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan; 
signal-xalaqit munosabatlarini aniqlash orqali nutq chastotali sohalariga ishlov berish usuli takomillashtirilgan;
nutq signali sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olgan holda normallashtirish va segmentlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
nutq signalini diskretligini inobatga olgan holda shaxsni ovozi asosida identifikatsiyalash va nutqni tanib olish masalalarini echish uchun belgilar fazosini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nutq signallariga dastlabki ishlov berishning mavjud hamda taklif etilgan usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida: 
nutq signalidagi xalaqitlarni kamaytirish va silliqlash, nutqning chastotali sohalariga ishlov berish va tanib olish masalalarini echish uchun belgilar fazosini shakllantirish usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz shahar hamda Qamashi tuman hokimiyatlarida joriy qilingan 
(Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 33-8/7838-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq signallariga dastlabki ishlov berish, silliqlash, fil`trlash, turli xalaqitlardan tozalash orqali nutqni yuqori aniqlikda ifodalanilishini ta’minlash va audioma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 15% ga qisqartirish va uni tushunish samaradorligini o‘rtacha 20% ga oshirish imkonini bergan;
nutq signalini normallashtirish va segmentlash, nutq signallaridagi xalaqitlarni kamaytirish, tanib olish masalalarini echish uchun belgilar fazosini shakllantirish, silliqlash usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanlararo fuqarolik sudi hamda Shahrisabz tuman ichki ishlar boshqarmasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 33-8/7838-son ma’lumotnomalari). Natijada audio ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni o‘rtacha 15% qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish