Abidova Aziza Djalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Regenerativ faollikka ega jarohat kompozisiyasini yaratish», 03.00.11 – Gistologiya, sitologiya va xujayra biologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V458.
Ilmiy rahbar: Seomashko Natal`ya Evgen`evna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.V.01.13 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Xashimova Zaynat Sattarovna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antimikrob, antioksidant va regenerativ faollikka ega, biologik faol komponentlar qo‘shilgan kollagen asosli, butunlay parchalanadigan, biomos keladigan, ko‘p funksiyali jaroxat qoplamalarining yangi kompozisiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta kollagen asosidagi polifunksional, biologik moslashuvchan, parchalanadigan, toksik bo‘lmagan, jarohatlarni bog‘laydigan, o‘simliklardan olinadigan biologik faol komponentlar fillalbin alkaloidi, flavonoid kversetin, kversetin glikozidi rutin va Rumex sonfertus (Rc) ekstrakti bilan yangi kompozisiyalar olingan;
jarohat qoplamalari uchun biologik faol qo‘shimchalarning samarali konsentratsiyasi aniqlandi: 12,5–25 mkg/ml fillalbin alkoloidi fibroblastlarning proliferatsiyasini chaqiradi, 150 mkg/ml kversetin va rutin, antioksidant va jarohatni davolash samarasini beradi, 50 mkg/ml R.confertus o‘simlik ekstrakti fibroblastlarning proliferatsiyasini stimullaydi va patogen mikroorganizmlarning ko‘payishini oldini olgan;
yiringli va kuygan jarohatlarning tiklanishini 1,49–1,73 marta tezlashtirish imkonini beradigan antimikrob, antioksidant va regenerativ faollikka ega bo‘lgan kompozisiyalar aniqlangan;
kalamush va qoramol kollageniga asoslangan jarohat qoplamalari kompozisiyalarining fizik-kimyoviy, farmako-toksikologik va tibbiy biologik ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan xarakteristikasi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Regenerativ faollikka ega biologik faol komponentlar bilan kollagen asosida ko‘p funksiyali jaroxat qoplamalar kompozisiyalarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tajribalardagi xayvonlar oshqozonida jaroxat modellariga biologik faol komponentlarning gastroprotektor ta’siri №I-6-FA-TO31 «Bo‘shashtirish xususiyatiga ega «Ravonol» biologik faol qo‘shimchasini seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish» innovatsion loyihasida ushbu preparatning xossalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 14 oktyabrdagi 4/1255-2195-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu preparat tibbiyotda jaroxatga qarshi ta’sirga ega vosita sifatida foydali ekanligi ko‘rsatildi;
biologik faol komponentlarning turli genezdagi jaroxatlarga (yiringli jaroxat, kuyish) davolovchi ta’siri №I-6-FA-TO31 «Bo‘shashtirish xususiyatiga ega «Ravonol» biologik faol qo‘shimchasini seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish» innovatsion loyihasida ushbu preparatning regenerativ xususiyatlarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 14 oktyabrdagi 4/1255-2195-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu preparatni tibbiyotda regenerativ faoliyatga ega vosita sifatida foydalanish imkonini bergan.