Xayaliev Rustem Yakubovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Traxeya old devori nuqsonlari mavjud bemorlarni xirurgik davolash va reabilitatsiyaga mul`tidissiplinar yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib440.
Ilmiy maslahatchi: Xudaybergenov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Krotov Nikolay Fedorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nigora Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Krasnodar o‘lkasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Professor. S.V. Ochapovskiy nomidagi 1-son o‘lka klinik shifoxonasi - ilmiy tadqiqot instituti” DSSBM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompleks xirurgik davolash va reabilitatsiyaga mul`tidissiplinar yondashuvdan foydalangan holda traxeyaning old devorida xamda bo‘yinning yumshoq to‘qimalarida turg‘un nuqsonlari mavjud bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traxeya stenozi va restenozida laringotraxeoplastikadan so‘ng traxeyaning old devorida va bo‘yin yumshoq to‘qimalarida keng ko‘lamli nuqsonlar paydo bo‘lishining klinik va patogenetik xavf omillari aniqlangan;
traxeyaning oldingi devori nuqsonlarida uning gistostrukturasi va ko‘rsatkichlariga, traxeyaning qoldiq torayish darajasiga, xamrox kasallik xamda nevrologik defisitning og‘irlik darajasiga bog‘liq xolda patologik jarayon og‘irlik darajasini baholashning anatomik va morfologik mezonlari aniqlangan;
traxeya oldingi devori nuqsonlarining turi va tuzilishini aniqlashga, shuningdek, ularning patologik ko‘rinishlari yaqqolligini baholashga asoslangan xolda rekonstruktiv amaliyot usuli va maqbul muddatini tanlashning asosiy taktik (mahalliy va tizimli namoyon bo‘lishi) va texnik (plastika variantlari) jihatlariga aniqlik kiritilgan;
traxeya devori nuqsonlarida gistostruktura xolatining morfologik xususiyatlari xamda traxeomalyasiya og‘irlik darajasi va dag‘al tolali biriktiruvchi to‘qima o‘sishining reparativ jarayonlar faolligi va ko‘p qatorli epiteliyning tiklanish muddatlariga ta’sirining patogenetik jihatlari ochib berilgan;
choklar etishmovchiligi, restenoz va laxtakning traxeya ichki yuzasiga tushish xavfini kamaytirishga qaratilgan traxeya old devori va bo‘yin yumshoq to‘qimalari nuqsonlarini to‘rt qavatli teri-mushak plastikasining modifikatsiyalangan usuli ishlab chiqilgan;
oldindan tayyorlab qo‘yilgan del`topektoral laxtakdan foydalanish yo‘li bilan yaqqol ifodalangan chandiqli perifokal transformatsiyali traxeyaning bo‘yin qismi va bo‘yin yumshoq to‘qimalarining keng ko‘lamli nuqsonlarini plastika qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Traxeyaning ochiq nuqsoni mavjud bemorlarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“Laringotraxeostomiyadan so‘ng traxeya old devori va bo‘yin yumshoq to‘qimalaridagi nuqsonni plastik yopish usuli” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 2020 yil 24 iyuldagi №IAP 06258-sonli ixtiro uchun patent). Taklif etilgan usul atrof chandiq to‘qimasidan foydalanmasdan traxeya nuqsoni sohasining shilliq qavatini tiklashga va yara chetlarini tortmagan, ichki yuzani toraytirmagan va deformatsiyalamagan xolda nuqsonni ikkinchi laxtak bilan yopishga, shuningdek, xirurgik amaliyotdan keyingi asoratlar va takroriy aralashuvlar chastotasini qisqartirishga imkon bergan;
“Traxeya old devori va bo‘yin yumshoq to‘qimalari nuqsonini ko‘chirilgan del`to-pektoral laxtak bilan plastika qilish usuli” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, 2021 yil 19 fevraldagi №IAP 06430-sonli ixtiro uchun patent). Taklif etilgan oldindan tayyorlab qo‘yilgan del`to-pektoral laxtakni shakllantirish usuli traxeya va bo‘yin yumshoq to‘qimalarining yaqqol chandiqli transformatsiyalangan keng ko‘lamli nuqsonlarini bartaraf etishga imkon bergan;
“Traxeya old devori ochiq nuqsonlarini rekonstruktiv plastik xirurgiyasida differensial yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 martdagi 8n-z/49-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar traxeyasida ochiq nuqsoni bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashga va keyinchalik reabilitatsiya qilishga mul`tidissiplinar yondashuvni maqbullashtirishga asoslangan bo‘lib, ushbu og‘ir toifadagi bemorlarning hayot sifatini tiklashga imkon bergan;
traxeyaning ochiq nuqsoni mavjud bemorlarga ko‘rsatiladigan yordam sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati va Xorazm filiallarining xirurgiya va endoskopiya bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 martdagi 8n-z/49-son ma’lumotnomasi). Traxeyaning keng ko‘lamli nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolashda taklif etilgan taktik va texnik yondashuvlarni qo‘llash bosqichli rekonstruktiv amaliyotlar ulushini ko‘payishi bilan xirurgik aralashuvlar strukturasini o‘zgartirish, asoratlar chastotasini 28,8% dan 13,0% gacha, takroriy aralashuvlar sonini 25,5% dan 6,5% gacha kamaytirishga, umuman olganda, a’lo va yaxshi natijalar ulushini oshirish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish