Tuxtamishev Muzaffar Xikmatxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezi saratonini erta tashxislashda transrektal biopsiyaga ko‘rsatmalarni va uslubni takomillashtirish », 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.2.PhD/Tib1004.
Ilmiy raxbar: Giyasov Shuxrat Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Tillyashayxov Mirzagolib Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bundang Cheseng klinikasi (Koreya Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: biopsiyani bajarishga maqbul ko‘rsatmalarni ishlab chiqish orqali prostata bezi saratonini erta tashxislash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi saratoni tashxisini qo‘yishda transrektal barmoq bilan va ul`tratovushli tekshiruv natijalari biopsiya ma’lumotlari bilan yuqori darajada mos kelishi, ammo qon zardobida prostatik spesifik antigen miqdori 20 ng/ml dan kam bo‘lganda, kasallikning erta tashxislanishiga xissa qo‘shmasligi isbotlangan;
prostatatik spesifik antigenning 20 ng/ml gacha bo‘lgan darajasida PI-RADS-v.2 yagona tizimi bo‘yicha yakuniy toifalarning va xatar darajalarining ajratilishi, patologik jarayonning joylashgan joyini belgilash va rejalashtirilayotgan biopsiyani amalga oshirish bo‘yicha o‘tkaziladigan prostata bezining mul`tiparametrik magnit-rezonans tomografiyasining axborotliligini oshirishga yordam berishi aniqlangan;
PI-RADS-v.2 tizimining toifasi va prostatik spesifik antigenning miqdoriga bog‘liq xolda soxta manfiy natijalar ehtimollik darajasini aniqlash bilan prostata bezining mul`tifokal transrektal biopsiyasining sezgirligi va spesifikligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarining patognomonik hususiyatlariga aniqlik kiritilgan;
prostata bezining mul`tifokal transrektal biopsiyasini o‘tkazish uchun anal kanali shilliq qavatining maxalliy anesteziyasi xamda prostata bezining asosi va cho‘qqi soxasini periprostatik blokadasini birga qo‘llash yo‘li bilan og‘riqsizlantirish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Prostata bezi saratoniga shubxa qilingan bemorlarni olib borishda qiyosiy tashxisot sifatini yaxshilash va taktik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Prostata bezining «transrektal sistematik» va «sistematik bilan birga target» biopsiyasini bajarish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 martdagi 8n-3/52-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar prostata bezining mul`tifokal transrektal biopsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga va prostata bezi saratonini erta tashxislashning asosiy talablariga muvofiqligini ta’minlashga imkon bergan;
«Prostata bezining transrektal mul`tifokal biopsiyasi oldidan samarali og‘riqsizlantirish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 martdagi 8n-3/52-son ma’lumotnomasi). Prostata bezining asosi va cho‘qqi soxasini periprostatik blokadasi bilan birga anal kanali shilliq qavatini mujassamlashgan anesteziyasi usulini takomillashtirish bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar transrektal biopsiyaning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash, tashxisot vaqtida og‘riq xislarini kamaytirish va bemorlar xayot sifatini oshirish imkonini bergan;
prostata bezi saratonini erta tashxislash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlash faoliyatiga, xususan, «Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM, 1-son shaxar klinik shifoxonasining urologiya bo‘limi va Tibbiy xodimlar kasbiy malakasini rivojlantirish markazining urologiya kafedrasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 martdagi 8n-3/52-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi mul`tiparametrik magnit-rezonans tomografiya natijalari, qon zardobidagi prostatik maxsus antigen miqdori va transrektal ul`tratovush tekshiruv natijalari asosida mul`tifokal transrektal biopsiyani bajarishga maqbul ko‘rsatmalarni ishlab chiqish hisobiga, usulning axborotliligini 35,3% dan 75% gacha oshirish, qayta biopsiyalar va muolaja bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya infeksion-yallig‘lanishli asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.