Raximova Shaxnoza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy tizimni modernizatsiyalashtirish jarayonida axborot almashinuvi madaniyati»,  22.00.02 – «Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi» (sotsiologiya fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Sots13.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori (DSc); Quronov Muhammadjon,pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ijtimoiy tizimni modernizatsiyalashtirish jarayonida axborot almashinuvi madaniyatining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini aniqlash orqali uni rivojlantirish yo‘llarini tizimli tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarda axborot almashinuvi madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda  aholi turli tabaqalari vakillarining axborot savodxonligining amaldagi holati   va  previntiv (mavzularga oldindan tayyorlanish, birlamchi fikrdan kutiluvchi xavf va tahdidlarni hisobga olish, kutilayotgan natijalarni tahlil etish) imkoniyatlari  ochib berilgan;
axborot almashinuvining regulyativ funksiyasi (muloqot jarayonida shaxs o‘zi va muloqot sherigining xatti-harakatlarini tartibga solishi, o‘zaro ta’sirga kirishishda ijobiy natijalarni ko‘zlashi, birdamlik, keskinlikni yumshatishga erisha olishi) ochib berilgan;
axborot almashinuvining milliy-mental, yosh, jins, hayotiy tajriba hamda ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olish asosidagi yondashuv  kitobxonlik madaniyati darajasini takomillashtirishga bevosita ta’sir etishi asoslangan;
ta’lim sohasida kechayotgan transformatsion jarayonlarda axborot almashinuvi madaniyati kredit-modul` asosidagi ta’lim tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, talabaning ma’lumot va matnni o‘zlashtirishda guruhdoshlari, ustozlari bilan faol hamkorlik qilishga erishishi,   ta’lim materiallarini  jamoaviy o‘zlashtirish   (axborotni guruhiy muhokama etish,  ma’lumotning ijobiy va salbiy jihatlarini farqlash, pragmatik xususiyatlarini asoslash)  imkoniyatlari asoslangan;
axborot almashinuvining mikro, mezo, makro darajalari aniqlanib, uning shaxs va jamiyat rivojlanishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ijtimoiy tizimni modernizatsiyalashtirish jarayonida axborot almashinuvi madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yoshlar, aholi turli tabaqalari vakillarining axborot savodxonligini oshirish, ularning axborot almashinuvi madaniyatini shakllantirish, rivojlantirish va axborot madaniyatiga ta’sirni previntiv (mavzularga oldindan tayyorlanish, birlamchi fikrdan kutiluvchi xavf va tahdidlarni hisobga olish, natijalarni tahlil etish) baholash imkoni bo‘yicha zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari asosida axborot-kutubxona kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi PQ-4354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi” ning Madaniyat vazirligi doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan 3-bob 15 va 21-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 5 apreldagi 01-12-10-1645-con ma’lumotnomasi) Natijada, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan axborot-kutubxona muassasalarining rivojlanishi hamda axborot, madaniy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qiluvchi yagona axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratishga imkon bergan; shuningdek, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan turli ta’lim, ijtimoiy guruhlar, yosh toifalaridagi foydalanuvchilarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga onlayn tarzda hamda moslashuvchan axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishi asoslab berilgan; Madaniyat vazirligi tarkibidagi Ko‘zi ojizlar kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, ularni maxsus kompyuter va boshqa texnika bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda axborot-kutubxona muassasalaridan foydalanishga imkoniyati cheklangan fuqarolar (shuningdek, nogironligi bor shaxslar) uchun internet tarmog‘i orqali audio kutubxona xizmatini  samarali tashkil etishda foydalanilgan;
axborot almashinuvining milliy-mental, yosh, jins, hayotiy tajriba hamda ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olish asosidagi yondashuv,  kitobxonlik madaniyati darajasini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar loyihasi doirasida: «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagidavlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika  Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 11 iyuldagi 02-09-949–son dalolatnomasi). Natijada, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan. Bu, o‘z navbatida, yoshlar axborot madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, bartaraf qilish borasidagi ilmiy yondashuvlarni boytish uchun xizmat qilgan; 
ta’lim sohasida kechayotgan transformatsion jarayonlarda axborot almashinuvi madaniyatining kredit-modul` asosidagi ta’lim tizimiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, talabaning ma’lumot va matnni o‘zlashtirishda guruhdoshlari, ustozlari bilan faol hamkorlik qilishga erishishi, ta’lim materiallarini jamoaviy o‘zlashtirishi (axborotni guruhiy muhokama etish, ma’lumotning ijobiy va salbiy jihatlarini farqlash, pragmatik xususiyatlarini asoslash) ga hamda ta’lim cifatini takomillashtirish jarayonida axborot almashinuvi madaniyatini ahamiyatiga doir takliflardan 2018-2020 yillarda amalga oshirilgan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish (IIR) va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish» (Grant PZ-2017093020) mavzusi doirasidagi ilmiy-tadqiqot dasturlarida nazariy-metodologik asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 89-03-1374-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamoat tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalari hamda OAV bilan xamkorlikda axborot madaniyati va savodxonligi borasidagi ma’lumotlar almashinuvi platformasini ishlab chiqish orqali yoshlar orasida axborot madaniyati darajasini  takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqish hamda axborot almashinuvining regulyativ funksiyasi (muloqot jarayonida shaxs xatti-harakatlarining tartibga solinishi, o‘zaro ta’sirga kirishishda ijobiy natijalarni ko‘zlashi, birdamlik, keskinlikni yumshatishga erisha olishi) ilmiy asoslanishi hamda oliy ta’lim muassasalarida jahon axborot resurslaridan foydalanish metodikasini yaratish borasidagi ilmiy xulosalar asosidagi takliflar talaba yoshlar orasida axborot madaniyati darajasini takomillashtirishga bevosita ta’sir etishini aniqlash imkonini bergan; 
axborot almashinuvining  mikro, mezo, makro darajalari aniqlanib, uning shaxs va jamiyat rivojlanishi uchun  asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi bo‘yicha xulosalar asoslab berilishi «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2019 yil 18 martdagi 01-16/102-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalardan foydalanish, yoshlar o‘rtasida axborot almashinuvi madaniyatining shakllanganlik holatini aniqlash va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda uzluksiz ta’lim tizimiga axborot savodxonligi bo‘yicha yo‘riqnoma va standartlarni shakllantirishda o‘z samarasini ko‘rsatgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish