Norboev Turaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual-metodologik masalalari», 23.00.01 – Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Siyos20
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: G‘oyibnazarov Shuhrat G‘oyibnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Idirov Ulug‘bek Yusupovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insoniyat tarixiy sivilizatsiyasi taraqqiyoti siyosiy tafakkurida fuqarolik jamiyati g‘oyasining genezisi va shakllanish evolyusiyasi bosqichlarini hamda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining konseptual-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konstitusiyaviylik, legallik, legitimlik, plyuralizm va tolerantlik prinsiplari demokratik jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual-metodologik tamoyili ekanligi ochib berilgan;
fuqarolik jamiyatining genezisi va rivojlanishi to‘g‘risidagi qarashlar, g‘oyalar, konsepsiyalar ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq holda shaxs, sotsial guruhlarning erkinligi, huquqlari hamda manfaatlarini o‘zida ifodalashi ilmiy asoslangan;
fuqarolik jamiyatining O‘zbekistonga xos xususiyatlari iqtisodiy sohada (bozor munosabatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi), siyosiy sohada (saylangan rahbarlarlarga ishonch), ma’naviy sohada (ijtimoiy bosiqlik) harakterli belgilari va amal qilish prinsiplari (xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi)ning siyosiy-falsafiy mohiyati ochib berilgan;
so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish jarayonlarida davlat idoralarining xalq uchun xizmat qilishi va uni amalga oshirish mexanizmlarining (Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatlari agentligi kabilar) joriy etilishi mamlakatimizda demokratik taraqqiyotning o‘ziga xos yangi bosqichi ekanligi ilmiy asoslangan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida oila, mahalla va yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos negizi va institusional asosi ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalari joriy qilinishi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual-metodologik masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy hulosa va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
konstitusiyaviylik, legallik, legitimlik, plyuralizm va tolerantlik prinsiplari demokratik jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning konseptual-metodologik tamoyili ekanligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan nashr etilgan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” (rus tilida) darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 89-03-4371). Mazkur nazariy xulosalar darslikda o‘z ifodasini topgan va uning mukammallashishiga katta xissa qo‘shgan;
fuqarolik jamiyatining genezisi va rivojlanishi to‘g‘risidagi qarashlar, g‘oyalar, konsepsiyalar ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘liq holda shaxs, sotsial guruhlarning erkinligi, huquqlari hamda manfaatlarini o‘zida ifodalashiga doir ilmiy xulosalari esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan nashr etilgan “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” (rus tilida) darsligida o‘zining amaliy ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 89-03-4371). Mazkur nazariy xulosalarning darslikda o‘z ifodasini topganligi uning nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatining O‘zbekistonga xos xususiyatlari iqtisodiy sohada (bozor munosabatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi), siyosiy sohada (saylangan rahbarlarlarga ishonch), ma’naviy sohada (ijtimoiy bosiqlik) harakterli belgilari va amal qilish prinsiplari (xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligi)ning siyosiy-falsafiy mohiyati ochib berilganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 15 oktyabrdagi 03-/07/-880-sonli dalolatnomasi). Mazkur xulosa va tavsiyalar Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligining oshishiga xissa qo‘shgan;
so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish jarayonlarida davlat idoralarining xalq uchun xizmat qilishi va uni amalga oshirish mexanizmlarining (Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatlari agentligi kabilar) joriy etilishi mamlakatimizda demokratik taraqqiyotning o‘ziga xos yangi bosqichi ekanligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan nashr etilgan“O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” (rus tilida) darsligida o‘zining amaliy ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi № 89-03-4371). Mazkur nazariy xulosalarning darslikda o‘z ifodasini topganligi uning nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida oila, mahalla va yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos negizi va institusional asosi ekanligiga doir ilmiy yangiligidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nizomining 3.3 “Ijtimoiy himoya va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” va 4.2 “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” bandlariniishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021 yil 5 yanvardagi 1/-11 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu xulosa va takliflar partiya Nizomining zamonaviylashuviga va partiyaning korrupsiyaga qarshi kurashdagi faoliyati ta’sirchanligining oshishiga xizmat qilgan.