Maqsetova Farida Azatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sayotxon-Hamro» dostoni qoraqalpoq versiyasi tipologiyasi”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil909
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Xoshniyazov Jalgasbay, filologiya fanlari doktori
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Yarmatov Isamidin Turgunovich, filologiya fanlari doktori, professor; Allambergenov Xamza Kamalovich, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Sayotxon-Hamro” dostoni qoraqalpoq versiyasining o‘ziga xos tabiati, an’anaviy syujetning genezisi va badiiy evolyusiyasini aniqlash, mazkur dostonning turkiy xalqlar epik ijodiyotidagi turli versiya va variantlari bilan qiyosiy tipologiyasini oydinlashtirish hamda qoraqalpoq dostonchiligiga xos milliy an’analarning doston badiiyatidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq ishqiy-romanik eposi «Sayotxon-Hamro» dostoni syujetining tarixiy asoslari mazkur epos turkiy versiyalari bilan mushtarak negizga ega bo‘lsa-da, dostonning kompozision tuzilishini tashkil etuvchi an’anaviy motivlar talqinida Orolbo‘yi epik arealining etnomadaniy o‘ziga xosligi aks etishi aniqlangan;
epos poetik strukturasining asosini tashkil etuvchi g‘ayrioddiy tug‘ilish motivining genezisi qoraqalpoq xalqi ajdodlarining animistik mifologiyasi va totemistik e’tiqodlariga borib taqalishi isbotlangan;
«Sayotxon-Hamro» dostoni qoraqalpoq versiyasidagi obrazlar tizimi va yetakchi motivlar tarkibining badiiy talqinida milliy epik an’ana bilan bog‘liq poetik transformatsiya o‘z ifodasini topganligi dalillangan;
dostonning badiiy tilida og‘zaki epik an’ana bilan “xalq kitoblari” uslubining sintezlashish jarayoniga xos xususiyatlar kuzatilishi aniqlangan hamda epos tarkibidagi she’riy parchalarda qoraqalpoq xalq lirikasi va epik she’r tuzilishining ta’siri mavjudligi oydinlashtirilgan;
qoraqalpoq fol`kloridagi «Sayotxon-Hamro» dostoni mazkur eposning o‘ziga xos milliy versiyasi sifatida shakllanganligi hamda mintaqa xalqlari epik ijodiyotining bevosita ta’sirida evolyusion o‘zgarishga uchrab, mustaqil epik asar darajasiga ko‘tarilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Sayotxon-Hamro» dostoni qoraqalpoq versiyasining milliy o‘ziga xosligi, tarixiy-genetik asoslari va poetikasini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Sayotxon-Hamro» dostonining yozib olinishi, nashr etilishi va o‘rganilishi tarixi, qoraqalpoq versiyasi syujetining shakllanishi, turkiy versiyalar bilan qiyosiy-tipologiyasi va badiiy o‘ziga xosligiga doir faktik materiallari hamda ilmiy-nazariy umumlashmalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 17 dekabrdagi 17.01/154-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishqiy-romanik dostonlarning qoraqalpoq fol`klorshunosligida o‘rganilishi tarixiga doir ilmiy-nazariy qarashlar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan va takomillashtirilgan.
«Sayotxon-Hamro» dostonining qoraqalpoq baxshilari repertuaridagi variantlari, ijrochilarning badiiy mahorati, epik syujetning talqin qilish iqtidori va dostonlarning ijro usullari haqidagi ilmiy qarashlari va xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq milliy muzeyida xalq og‘zaki badiiy ijodiga oid maxsus ko‘rgazma stendlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 4 dekabrdagi 2-03/1523-sonli ma’lumotnomasi). Dostonning taniqli ijrochilari Minaj Matsapaev va Juman baxshi variantlari haqidagi fotomateriallarga izohlar tarzida yozilgan ilmiy sharhlarni targ‘ib etish natijasida muzeyga tashrif buyuruvchilarning xalq eposi haqidagi bilimini oshirishga erishilgan;
«Sayotxon-Hamro» dostonining o‘ziga xos xususiyatlari, baxshilar epik repertuarida tutgan o‘rni va uning qoraqalpoq xalqi badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Meros», «Ulli tulg‘alar», «Erkin fikr» va boshqa dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 dekabrdagi 01-02 265-sonli ma’lumotnomasi). Natijada xalq dostonlarida o‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalarning yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi ahamiyati va ta’lim-tarbiya jarayonida fol`klor materiallaridan foydalanishning yangi metodlari haqida keng tomoshabinlar auditoriyasiga ma’lumotlar berilgan.