Ismaylov Dauletbay Uzakbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘r tuproq sharoitida tuproq unumdorligini oshiruvchi qisqa navbatli almashlab ekish tizimini ishlab chiqish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx651.
Ilmiy rahbar: Namozov Fazliddin Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Odiljon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; O‘razmatov Nasbjon qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘tloqli-allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosilini ta’minlovchi qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini ilmiy asosda ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqli allyuvial, sho‘rlangan tuproqlari sharoitida muttasil g‘o‘za, kuzgi bug‘doy, takroriy ekinlar mosh, kunjut, jo‘xori; oraliq ekin moshning organik qoldiqlari hisobiga tuproqdagi gumus miqdori ortganligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doy, takroriy va oraliq ekinlarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda qisqa navbatli almashlab ekish (1:2) tizimlari qo‘llanilishi tuproqning hajm massasi, g‘ovakligi va suv o‘tkazuvchanlik xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
kuzgi bug‘doy ang‘iziga takroriy ekinlar: mosh, kunjut, jo‘xori hamda oraliq ekin sifatida mosh-unga qo‘shimcha ma’dan o‘g‘itlarning qo‘llanilishi g‘o‘zani o‘sish, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri bo‘yicha qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqli allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Kegeyli va Chimboy tumanlari fermer xo‘jaliklari uchun o‘tloqi allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida “G‘o‘za hosildorligini oshirishda takroriy va oraliq ekinlarni qo‘llash bo‘yicha” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 noyabrdagi 03/06-2550-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli va Chimboy tuman fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Kegeyli tumanining o‘tloqli allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish tizimining 1:2, g‘alla: g‘o‘za, kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin + oraliq ekin ekilib unga qo‘shimcha 20 t/ga mahalliy o‘g‘it qo‘llanilib, undan so‘ng ikki yil g‘o‘za ekish bo‘yicha jami 464 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi 02/07-2444 sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zadan ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 2-5 s/ga qo‘shimcha hosil etishtirilib, har bir gektardan olingan sof daromad 800-1460 ming so‘mni tashkil etgan;
Chimboy tumanining o‘tloqli allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish tizimini ishlab chiqishda, ya’ni 1:2, g‘alla: g‘o‘za, kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin+oraliq ekin ekilib unga qo‘shimcha 20 t/ga mahalliy o‘g‘it qo‘llanilib, undan so‘ng ikki yil g‘o‘za ekish bo‘yicha jami 660 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi 02/07-2444 sonli ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zadan ishlab chiqarish sharoitiga nisbatan 3-5 s/ga qo‘shimcha hosil etishtirilib, har bir gektardan olingan sof daromad 750-1340 ming so‘mni  tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish