Boynazarov Odil Sharofovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarining parvarishlash agrotexnologiyasi elementlarini ishlab chiqish (Surxondaryo viloyatining o‘tloqlashib borayotgan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4. PhD/Qx154.
Ilmiy rahbar: Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazirjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Hasanov Maxsud Marifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida o‘rta tolali gen-nokaut usulida yaratilgan, Porloq-1 va yangi ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlarini parvarishlash agrotexnikasi elementlarining maqbul ko‘chat qalinligi, o‘g‘it me’yorlari va sug‘orish tartiblarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyatining sizot suvlari sathi 1,5-2,0 metrda joylashgan, och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida gen-nokaut usulida yaratilgan Porloq-1 hamda ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda ko‘chat qalinligi gektariga 110-120 ming tupda, sug‘orish tizimi 0-2-1 da o‘rta tolali Porloq-1 navida N200 P140 K100 kg/ga, yangi ingichka tolali ST-1651 navi uchun esa gektariga N230 P160 K115 kg mineral o‘g‘it qo‘llash me’yori ishlab chiqilgan;
o‘rta tolali Porloq-1, ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlarining maqbul o‘sish rivojlanishi uchun gektariga ko‘chat qalinligi 110-120 ming tup qoldirish maqbulligi aniqlangan;
o‘rganilgan g‘o‘za navlaridan, yuqori va sifatli hosil olish uchun mavsumiy mineral o‘g‘itlar me’yori o‘rta tolali Porloq-1 navida N200 P140 K100 kg/ga, ingichka tolali ST-1651 navi uchun esa gektariga N230 P160 K115 kg/ga qo‘llash etarli ekanligi aniqlangan;
sizot suvlari sathi 1,5-2,0 metrda joylashgan, och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida o‘rta tolali Porloq-1 hamda ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlari sug‘orishda etarli namlik to‘planishi uchun tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-75-65% da 0-2-1 tizimda sug‘orish o‘tkazilishi maqbul ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlaridan yuqori paxta hosili olishda maqbul ko‘chat qalinligi, mineral o‘g‘it me’yorlari hamda sug‘orish tartiblari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlaridan yuqori paxta hosili olish agrotadbirlari asosida «Surxondaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlarida yangi o‘rta tolali Porloq-1 va ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlarini etishtirish agrotadbirlari to‘g‘risida tavsiyanoma» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 02/020-3998-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Surxondaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida fermer xo‘jaliklari uchun o‘rta tolali Porloq-1 va ingichka tolali ST-1651 g‘o‘za navlaridan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Porloq-1 navidan yuqori paxta hosili etishtirish agrotexnologiyasi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 65-75-65% da o‘tkazilib, mineral oziqlantirishning N200P140K100 kg/ga me’yorlari Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 173,5 gektarga, Angor tumanida 45 gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 02/020-3998-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za navidan gektaridan 4,3-5,7 sentnergacha qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
g‘o‘zaning yangi ingichka tolali ST-1651 navini parvarishlash agrotexnologiyasi sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 65-75-65% da, mineral oziqlantirishning esa N230P160K115 kg/ga me’yorda qo‘llash Surxondaryo viloyatining Muzrabod tumanida 115,7 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 02/020-3998-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida g‘o‘za navidan 4,9-6,3 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, ishlab chiqarish sharoitida rentabellik darajasi 37,6 % ni tashkil etgan.