Tojieva Iroda Mirsoli qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gestatsion qandli diabet rivojlanishida biomarkerlar  o‘rnini baholash» 14.00.03 – Endokrinologiya, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1398.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbmyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-metabolik prediktorlari va biokimyoviy markerlarini aniqlashdan orqali homiladorlarda gestatsion qandli diabet rivojlanish xavfini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-anamnestik, metabolik va biokimyoviy markerlarni gestatsion qandli diabet rivojlanishini bashoratlashdagi  ahamiyati isbotlangan;
gestatsion qandli diabet xavfi ortishida laborator biomarkerlarning (JGBG, S reaktiv oqsil, ferritin va vitamin D) insulinrezistentlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi asoslangan;  
ilk bor nasliy moyillik, xomiladorlar yoshi, chaqaloq vazni, yuqori paritet va elka o‘rta uchdan bir qismining aylanasi kabi klinik biomarkerlarni gestatsion qandli diabet rivojlanishidagi bashoratlovchi belgilar sifatida aniqlangan;
gestatsion qandli diabetda homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini o‘z vaqtida aniqlash va chastotalarini pasaytirish imkonini beruvchi va gestatsion qandli diabet rivojlanishini bashoratlovchi parametrlari yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Homiladorlarda xavfni bashoratlash modelini ishlab chiqish uchun gestatsion qandli diabetning klinik-metabolik prediktorlari va biokimyoviy markerlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning olingan  ilmiy natijalari asosida:
“D vitamin  va gestatsion qandli diabet” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 8n-d/144-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma xomilador ayollarda vitamin D etishmovchiligini me’yorlashtirish yo‘li bilan gestatsion qandli diabet rivojlanishini oldini olish imkonini bergan;  
gestatsion qandli diabet rivojlanish xavfi bo‘lgan homilador ayollardagi miqdorini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand viloyat endokrinologik dispanseri va Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligini 2020 yil 17 dekabrdagi 8n-z/197-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi ona va bolalarda 2 tip qandli diabetni rivojlanish xavfini kamaytirishga,  erta tashhislashni, kasallik kechishini bashorat qilish, o‘z vaqtida kelib chiqadigan asoratlarni profilaktikasini optimallashtirishga, hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilab, davolash chora-tadbirlarining samarodorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish