Mirsaidova Umida Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «AKTG ga bog‘liq Kushing sindromi qaytalanishining klinik-gormonal aspektlarini optimallashtirish», 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/Tib1035.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamartdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipofiz kortikotrop adenomasi sababli bemorlarda desmopressinli sinama qo‘llash orqali transsfenoidal gipofiz adenomektomiyasi samaradorligini baxolash hamda kasallik qaytalanishlarini bashorat qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk marta adrenokortikotrop gormonga bog‘liq Kushing sindromli bemorlarda desmopressin sinamani qo‘llash orqali gipofizda qoldiq neoplastik kortikotroflarni mavjudligi bilan kasallikni qaytalanishi orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
desmopressin sinamasi fonida AKTG va kortizol ko‘rsatkichlarining oshishi kasallik qaytalanishining prognostik markeri sifatida isbotlangan;
desmopressin fonida olingan jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda an’anaviy usul va desmopressinli sinama natijalari bilan taqqoslagan holda transsfenoidal gipofiz adenomektomiyasi samaradorligi isbotlangan;
jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda residivga olib keluvchi xavf omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adrenokortikotrop gormoniga bog‘liq Kushing sindromi qaytalanishining klinik-gormonal aspektlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
«Desmopressin testini qo‘llash bilan AKTG-bog‘liq bo‘lgan Kushing sindromi qaytalanishini bashoratlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 8n-r/153-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma desmopressinli sinama adrenokortikotrop gormoniga bog‘liq Kushing sindromi transsfenoidal gipofiz adenomektomiyasidan keyingi amaliyotini samaradorligini erta aniqlash, turg‘un remissiya yoki residiv holatlarini baholash imkonini bergan;
Adrenokortikotrop gormoniga bog‘liq Kushing sindromi qaytalanishining klinik-gormonal aspektlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand va Buxoro viloyatlarining endokrinologiya dispanserlarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash 2020 yil 17 dekabr` 8n-z/193-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi adrenokortikotrop gormoniga bog‘liq Kushing sindromli bemorlarda transsfenoidal gipofiz adenoektomiyasidan keyin desmopressinli sinamani o‘tkazish gipofizda qoldiq neoplastik kortikotroflarni mavjudligini aniqlash, residivga moyillik qay darajada ekanligini tashxislash, kasallikda jarroxlik amaliyotining samaradorligini baholash, shuningdek, undan keyin adrenokortikotrop va kortizol gormonlarining organizmda oshishi qayta jarroxlik amaliyoti, nur davolash yoki ikki tomonlama adrenalektomiya tartibini belgilash hamda kasallikning asoratlarni oldini olish imkonini bergan.