Babaxanova Nargiza Nusratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda o‘tkir limfoblast leykozlar bilan kasallangan bolalarda gemostaz tizimi buzilishining molekulyar-biologik mexanizmi va trombogemoragik asoratlarni prognozlash”, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.RhD/Tib729
Ilmiy maslahatchi: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Rustam Sultonovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Matkarimova Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir limfoblast leykoz bilan kasallangan bolalarda, gemostaz tizimining turli xil bo‘g‘inidagi buzilish mexanizmlaridagi molekulyar-biologik omillarning o‘rnini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir limfoblast leykoz bilan xastalangan bolalarda, trombogemorragik asoratlarni rivojlanishiga olib keluvchi gemostaz tizimining gemoragik sindrom, qon ketishlar kabi buzilishlari aniqlangan;
gemorragik sindrom va turli og‘irlik darajasidagi trombotsitopeniya bilan asoratlangan o‘tkir limfoblast leykoz bilan kasallangan bolalarga xos bo‘lgan gemogramma va gemostaziogramma ko‘rsatkichlari baxolangan;
ilk marotaba turli yaqqollikdagi klinik ko‘rinishli, gemostaz tizimi buzilishlari mavjud bo‘lgan O‘LL bilan xastalangan bolalarda MTHFR(rs1801133), MTRR(rs1801394), MTR(rs1805087) va PAI-1(rs1799768) polimorf genlarining genotipik variantlari va allellarining klinik rivojlanish xavfi yuqoriligi darajasi isbotlangan;
trombogemorragik asoratlar rivojlanishida molekulyar genetik markerlarining: MTGFR + MTRR, MTGFR + PAI-1, MTGFR + MTRR+PAI-1 ta’siri baxolangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir limfoblast leykoz bilan og‘rigan bolalarda trombogemorragik asoratlarni rivojlanish xavfi mezonlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘tkir leykoz bilan xastalangan bolalarda trombogemorragik asoratlari xafvini prognozlash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabdagi 8n-d/126-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma o‘tkir leykoz bilan kasallangan bolalarda trombogemorragik asoratlar yuzaga kelish xavfini baholashda gematologik, gemostaziologik va molekulyar-genetik mezonlar hisoblangan markerlarni aniqlash imkonini bergan.
O‘tkir limfoblast leykoz bilan xastalangan bolalarda trombogemorragik asoratlar xavfini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, tibbiyot amaliyotiga, jumladan Toshkent shaxrining 3-bolalar klinik shifoxonasi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markaziga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 8n-z/13–son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq qilinishi, o‘tkir leykoz bilan xastalangan bolalarda trombogemorragik asoratlarni rivojlanish xavfini oldindan aniqlash va erta tashxis qo‘yish imkonini bergan.