Abdurazakova Dilbar Sodikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Andijon viloyatida yashovchi ayollarda subklinik gipotireoz,  davolashning  kardiovaskulyar  xavf omillariga  ta’siri», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib541.
Ilmiy rahbarlar: Ismailov Saydiganixodja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar:  Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alixanova  Nodira Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ayollar orasida subklinik gipotireoz tarqalganligi, davolashning kardiovaskulyar xavf omillari va hayot sifatiga ta’sirini baxolashdan  iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor  gipofizning tireotrop  gormon  darajasiga bog‘liq  xolda ayollarda gormonal, bioximik ko‘rsatkichlar,  endoteliy disfunksiyasi  va xayot sifati  o‘zgarishi asoslangan;
klinik–gormonal ko‘rsatkichlarning kardiovaskulyar xavf omillarining (SG va MGda yurak qon tomir kasallilar rivojlanish xavfi yuqoriligidan darak beruvchi  endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya pasayishi lipid almashinuvida  miqdoriy va sifatli  o‘zgarishlar)  ortishi  bilan o‘zaro  bog‘liqligi  baholangan; 
levotiroksinli o‘rinbosar davoning SG va MG mavjud ayollarda   lipid almashinuvi ko‘rsatkichlariga (maqsadli qiymatlariga erishuv),  qon tomirlar endoteliy faoliyatiga ( elka arteriyasi diametri  ko‘rsatkichi ishonchli o‘sishi) ijobiy ta’siri  isbotlangan;
SG va MG da levotiroksinli  o‘rinbosuvchi   davoning  o‘z vaqtida  to‘g‘ri tanlash va olib borish,  ayollar xayot sifatining jismoniy va psixik komponentlariga  ijobiy ta’siri  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollarda subklinik gipotireozni aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Subklinik gipotireoz tashxislash va davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 noyabrdagi n-r/274-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma subklinik gipotireozni o‘z vaqtida aniqlash choralarini takomillashtirish, tashxislash-davolash taktikasini muvofiqlashtirish, kardiovaskulyar asoratlar rivojlanish xavfi va manifestli gipotireozning uchrash sonini kamaytirish imkonini bergan; 
Subklinik  gipotireoz  bilan og‘rigan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyati endokrinologiya dispanseri  tireidologiya bo‘limi va Andijon viloyati Andijon tuman tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 15 dekabrdagi n-z/191-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar subklinik gipotireozni erta tashxislash va asoratlar rivojlanishining oldini olish yo‘llarini optimallashtirish, reabilitatsiya muddatlarini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish