Sabirov Erkinjon Kuchkarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiydarajaberiladigan fan tarmog‘inomi): “Sudlar faoliyati ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari”, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu260.
Ilmiyrahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridikfanlardoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Bosh prokuratura Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bosh prokuratura Akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xabibullaev Davlatjon Yulchibaevich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sudlar faoliyati ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sud-huquq sohasida jamoatchilik nazorati institutini, jumladan har qanday shaxsning ochiq sud majlislarida ishtirokini kafolatlash, ularning qonunda belgilangan tartibda sud zalida fotosuratlar, video va audio yozuvlarni amalga oshirishining huquqiy mexanizmlarini qonunda belgilash asoslantirilgan;
sudlar faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini konstitusiyaviy, protsessual va moddiy-huquqiy guruhlarga ajratish hamda bu boradagi qonun hujjatlarini unifikatsiya qilish va yagona qonunga birlashtirish taklifi asoslab berilgan;
sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniq ta’rifi va ro‘y-xatini shakllantirish, ushbu ma’lumotlarni olish usullari va shartlari, ma’lumotlarni taqdim etish shakli va undan foydalanuvchilarning huquqlarini qonunchilikda belgilash taklif etilgan;
sud hokimiyati bilan OAV o‘zaro munosabatlarning amalga oshirilishi tartibini belgilash va unda sudlar, sud hamjamiyati organlari bilan OAV tahririyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning maqsad va shakllariga doir normalarni qonunchilikda belgilash zarurati asoslantirilgan;
sud`yalar hamjamiyati organlarining ochiqlikni ta’minlash yo‘nalishida amal qiladigan ustuvor prinsiplari sifatida o‘zaro ishonchga asoslanish, tomonlarning javobgarligi, o‘zaro manfaatdorlik, jamoatchilik manfaati, axloq qoidalariga rioya etish, shaffoflik, ob’ektivlik va texnologik imkoniyatlarni hisobga olishning huquqiy jihatdan mustahkamlanish asoslangan;
sudlarda xalq maslahatchilari institutini takomillashtirish, jumladan sud muhokamasida xalq vakillarining ishtirokini ta’minlashda ushbu institutning o‘rni va roli yuqori ekanligi ko‘rsatib berilib, sudlarda nafaqat jinoyat, balki ma’muriy va fuqarolik ishlarining ko‘rilishida ham xalq maslahatchilarining ishtirokini joriy etish taklifi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sudlar faoliyati ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslaribo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har qanday shaxs ochiq sud majlisida qatnashish huquqiga ega ekanligi, sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, OAV vakillari qonunda belgilangan tartibda sud zalida fotosuratlar, video va audio yozuvlarni amalga oshirishi mumkinligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni 12-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 5 noyabrdagi 04/X-755-20-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, OAV vakillari tomonidan fotosuratlar, video va audio yozuvlarni amalga oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratgan;
sud majlisi tomonlarning o‘z protsessual huquqlarini amalga oshirish va protsessual majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida maxsus jihozlangan xonada sud majlisi zalida o‘tkazilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni 12-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 5 noyabrdagi 04/X-755-20-son ma’lumotnomasi). Natijada sud majlislarining zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlanishi, sud protsessi ishtirokchilarining o‘z protsessual huquqlarini amalga oshirish va protsessual majburiyatlarini bajarishlari uchun huquqiy asoslarning yaratilishiga erishilgan;
sud`yalar hamjamiyati organlari faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida ushbu organlar o‘z faoliyatini ochiq tarzda, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirishi, ushbu organlarning asosiy vazifalari sifatida davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlarda sud hokimiyati manfaatlarini ifodalashini nazarda tutuvchi normalar “O‘zbekiston Respublikasi sud`yalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 5 va 6-moddalariga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi raisi o‘rinbosarining  2021 yil 26 yanvardagi 122-21-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflarning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi o‘z faoliyatini ochiq tarzda, OAV bilan hamkorlikda amalga oshirish, sudlar faoliyati bilan bog‘liq OAVda e’lon qilingan axborotlarni tekshirish va natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishning yanada samarali huquqiy mexanizmlarini yaratishga xizmat qilgan; 
sud ishlarini yuritishda oshkoralikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qoidalar, sudda ish ko‘rishning ochiqligini ta’minlashni takomillashtirishga doir konseptual g‘oya va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universitetining tinglovchi va talablari uchun tayyorlangan “Fuqarolik protsessual huquqi” darsligi (II-bob. Fuqarolik protsessual huquqining prinsiplari)da o‘z ifodasini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2020 yil 7 dekabrdagi 648-son buyrug‘i, 648-102 raqamli guvohnoma). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchi va talabalar, magistrant va amaliyot xodimlarining sudlar faoliyatining ochiqligini va sud protsesslarining oshkoraligini ta’minlash borasida bilim, o‘quv va amaliy ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish