Atamurotova Muxayyo Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ohangaron daryosi suv havzalarining ixtiofaunasi»,  03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B162
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ulug‘bek To‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori; Jumabaev Baxodir Erejepovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ohangaron daryosi suv havzalarining gidrobiont organizmlari va ixtiofaunasining zamonaviy holatini baholash, ovlanadigan baliqlarining ekologik hususiyatlarini tahlil etish hamda baliq resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Ohangaron daryosi suv havzalari ixtiofaunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 4 turkum, 12 oila, 30 urug‘ga mansub 33 turi aniqlangan;
ilk bor Ohangaron daryosi havzasi turlar xilma-xilligi 4 tur baliq – Gobio cynocephalus, Triplophysa dorsalis, Ictalurus punctatus, Esox lucius bilan boyiganligi aniqlangan;
Ohangaron daryosi suv havzalarida avval mavjud bo‘lgan 4 tur baliq – Pelecus cultratus, Aristichthys nobilis, Hemiculter lucidus, Ictiobus cyprinellus va O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qorako‘z (Ballerus sapa) turi hozirda uchramasligi aniqlangan;
baliqlar tarkibining miqdor jihatdan daryo bo‘ylab taqsimlanishi tabiati bir tekis emasligi, uning alohida qismlarining gidrologik sharoitlari va baliqlarning ekologik xususiyatlari bilan belgilanganligi aniqlangan;
baliqlarning mutloq serpushtligi qonuniy ravishda ularning yoshi, tana uzunligi va vazniga bog‘liq holda oshib borishi isbotlangan;
Ohangaron daryosi suv havzalarida so‘ngi 30 yil ichida birinchi marta baliq resurslari holati baholangan va baliq mahsuldorligini oshirish yo‘llari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ohangaron daryosi suv havzalarining ixtiofaunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy ixtiofaunaga ta’sir ko‘rsatmagan holda baliq mahsuldorligini oshirish imkonini beradigan, suv omborlari sharoitiga moslashtirilgan ko‘l baliqchiligi intensiv usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar “Nuriddin Ozodbek”, “Erkin baliq havzasi”, “Guliston baliq havzasi” va “Faunani saqlash” MChJ baliqchilik amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 02/022-3907-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘llar, suv omborlari va baliqchilik hovuzlarida baliqlarning reproduktiv xususiyatlari va suv havzasi tabiiy ozuqa bazasining holatini hisobga olgan holda 1 gektarga 80–100 grammlik baliq chavoqlarini o‘tkazish (baliqlantirish) 30 tonna qo‘shimcha baliq mahsulotlari olish imkonini bergan;
Ohangaron daryosi suv havzalari ixtiofaunasiga mansub 4 turkum, 12 oila, 26 avlod, 26 turga mansub jami 878 ta namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 10 noyabrdagi 4/1255-2444-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud baliqlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va baliqlar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish