Rustamov Kaxramon Juraboevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Termitlarga qarshi kurashda insektisidli vosita tayyorlash usulini ishlab chiqish», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B445.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Gulnara Saidarifovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
«Termitlarga qarshi insektisidli vositani tayyorlash usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№IAP 05832) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 13 yanvardagi 01-11/57-son xulosasi berilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi: termitlarga qarshi kurashda insektisidli vositani tayyorlash asosida samarador em-xo‘rak ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termitlarga qarshi insektisidli zaharli em-xo‘rak tayyorlashda Respublikamiz florasiga oid 42 ta o‘simlik turlari sinalib, ular orasidan kungaboqar (Helianthus annus L.) poyasining g‘ovaksimon strukturaga egaligi bois termitlarning kemiruvchi og‘iz mandibulalariga aynan mos kelishi va eng maqbul oziqa substrati ekanligi aniqlangan.
termitlarga qarshi kurashishda ta’sir etuvchi moddasi fipronil bo‘lgan insektisid asosli em-xo‘raklar tayyorlashdagi preparatning eng samarali me’yorlari aniqlangan va termitlarga qarshi kurashda insektisidli vosita tayyorlash usuli yaratilgan (№IAP 05832-2019 y.);
ilk bor em-xo‘rak tarkibidagi maydalangan kungaboqar poyasini bir biriga bog‘lovchi vosita sifatida karboksimetilsellyuloza (KMS) qo‘llash usuli yaratilgan hamda termitlar uchun attraktantlik xususiyatlarini oshirish maqsadida ushbu massani karton kapsulaga joylash texnologik tizimi ishlab chiqilgan;
termitlarning zararini bartaraf etuvchi turli kurash usullarining samaradorligi asosida termitlarga qarshi takomillashtirilgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyanoma va yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Termitlarga qarshi kurashda insektisidli vosita tayyorlash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
termitlarga qarshi ishlab chiqarilayotgan em-xo‘rak Sirdaryo viloyatining Boyovut, Mirzaobod tumanlari, Samarqand viloyatining Qo‘shrobod, Nurobod tumanlari, shuningdek Toshkent viloyatining Zangiota tumanlari hududlaridagi aholi turar joylari hamda unga chegaradosh bo‘lgan tabiiy va ochiq er maydonlarida termitlar zararini bartaraf etish bo‘yicha O‘zagrokimyohimoya” AJ ning Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarining hududiy bo‘limlari amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJ ning 2020 yil 10 dekabrdagi 03-12/703-son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlarning tabiiy va ochiq er maydonlaridagi termit uyalarida 6 oydan so‘ng, termitlar populyasiyalari keskin kamayib, fipronil tarkibli insektisid preparati 95,6–98,7% biologik samaradorlikni namoyon etdi hamda aholi turar joy bino va inshootlariga chegaradosh bo‘lgan ochiq er maydonlarida termitlar tarqalishini to‘xtatish imkonini bergan;
“Termitlarga qarshi insektisidli vositani tayyorlash usuli” ishlanmasi yuzasidan olingan ixtiro patenti asosida termitlarga qarshi ishlab chiqarilayotgan em-xo‘rak Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo madaniy meros ob’ektlarini saqlash va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyasi faoliyatining termitlarga qarshi kurashish bo‘yicha amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2020 yil 7 dekabrdagi 01-01-BM/907-son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlar bilan zararlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros ob’ektlarining 5 ta tarixiy obidasida, Xiva shahridagi 24 ta tarixiy obidada, Surxondaryo viloyati Termiz tumani madaniy meros ob’ektlarining 4 ta tarixiy obidalarida termitlar zararini bartaraf etish, mazkur tarixiy obidalar hamda unga yondosh qo‘shimcha binolarida termitlar sonini nazorat qilish va tarqalishini to‘xtatish imkonini bergan;
em-xo‘rak tarkibiga singdirilgan fipronil tarkibli insektisid preparati Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining aholi turar joylarida termitlar zararini bartaraf etish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmalari amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 2/2/32-1332-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi turar joy binolaridagi termit uyalarida  populyasiyalar soni keskin kamayib, em-xo‘raklar yuqori biologik samaradorlik (96-99%) ni namoyon etgan va aholining turar joy bino va inshootlarida termitlar tarqalishini to‘xtatish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish