To‘ychiev Furqat Numonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta nisbatli qutblari o‘zgaruvchan chulg‘amni ishlab chiqish va tadqiq qilish», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/T205.
Ilmiy rahbar: Bobojanov Maxsud Qalandarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk ko‘tarish-transport mexanizmlari elektr motorlari uchun qutblari nisbati katta bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
asinxron motorlarni pog‘onali ishga tushirish uchun qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasi ishlab chiqilgan;
«yulduz-juft yulduz» bazaviy sxema asosida toq sonli qutblarga ega chulg‘amlar olish uchun diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli takomillashtirilgan;
matrisalar usuli asosida qutblari o‘zgaruvchan chulg‘am tarkibidagi yuqori garmonikalarni hisoblash va magnit yurituvchi kuch shaklini tuzish algoritmlari ishlab chiqilgan;
magnit yurituvchi kuch shakllarini aniqlash usuli fazalarda tok o‘zgarishi asosida takomillashtirilgan va chulg‘am garmonik tarkibiga vaqt o‘zgarishi ta’sir etmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk ko‘tarish-transport mexanizmlari va konveyerlar elektr yuritmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki tezlikli elektr mashinasi uchun qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 05385, 23.03.2017 y.). Natijada, stator pazlar soni 30 ga teng bo‘lgan magnit o‘tkazgich asosida elektromagnit ko‘rsatkichlari yaxshilangan va sodda tayyorlash texnologiyasiga ega qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amli ikki tezlikli motor yaratish imkonini bergan;
tel`fer elektr yuritmasida yuk ko‘chirish jarayonini takomillashtiruvchi va mahsulot butunligini ta’minlovchi ikki tezlikli motor “QARSHI BEST SHOES” MChJda joriy qilingan («O‘zsanoatqurilish-materiallari» uyushmasining 2020 yil 26 noyabrdagi 05/15-3693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonaning yuk ko‘tarish-transport mexanizmi yordamida ko‘chirilayotgan yukning yaxlitligini ta’minlash hisobiga bir yilda 31,4 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
lentali konveyer elektr yuritmasi ish rejimini yuklamaning kun davomida va mavsumiy o‘zgarishiga moslashtiruvchi va elektr energiyani tejovchi qutblar soni o‘zgaruvchan motor “LAZURITE INVEST GROUP” MChJda joriy qilingan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2020 yil 26 noyabrdagi 05/15-3693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qutblar soni o‘zgaruvchan asinxron motorni qo‘llash orqali kam yuklangan rejimda elektr energiya iste’moli 17,5% ga kamaygan va bir yilda 53 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.