Djamolov Rustam Kamolidinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxta urug‘lik chigitini tayyorlash texnologiyasini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari» 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/T310.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dedaxnovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Maqsudov Ravshan Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tukli urug‘lik chigitni qabul qilish va uzatish qurilmasini hamda pnevmatik chigit saralagichini takomillashtirish, dori suspenziyasini chigit dozatori ish unumdorligiga moslashtiruvchi dorilagich asosida ixtisoslashtirilgan tukli urug‘lik chigit tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tukli urug‘lik chigitni qabul qilish-uzatish qurilmasi yaratilgan, chigitni pnevmatik saralash agregati takomillashtirilgan;  
paxta chigitining tabiiy xususiyatlari va chigitning bir tekis dorilanishi shartlarini hisobga olgan holda tukli chigitni qurilmaga bir me’yorda uzatishga asoslangan dorilash texnologiyasi va chigit dozatoriga dori suspenziyasini moslashtiruvchi mexanizm ishlab chiqilgan;
tukli chigitlarni bir me’yorda dorilashni ta’minlovchi, chigit oqimiga ishchi suspenziyani bir xil bosimda uzatuvchi qurilma yaratilgan;
ikki vintli transporterda tukli chigit to‘plamini siljituvchi umumiy kuchni aniqlash ifodasi xamda tukli urug‘lik chigitni saralashda chigitni zonalar bo‘yicha harakat qonuniyatlari yo‘naltirgich parametrlariga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan;
chigit dozatori kamerasida chigit harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlar kattaligi, ratsional ish unumini ta’minlovchi chigit tarog‘idan yulduzcha tishlarining chiqish balandligi aniqlangan;
tukli chigitni qabul qilish-uzatish qurilmasi, takomillashtirilgan ChSA agregati va dorilagichning asosiy konstruktiv-ekspluatatsion parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Urug‘lik chigit tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan UPS rusumli tukli chigitni qabul qilish-uzatish qurilmasi Sirdaryo viloyatining “Baxt paxta tozalash korxonasi” AJ da ishlab chiqarishga joriy joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 5 maydagi 03-16/1231-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘lik materiallarini qabul qilish bosqichida yo‘qotishlarni 0,05% ga, elektr energiya sarfi 66% ga kamayishiga va tukli chigitni uzatish tekisligi yuqoriligidan chigit saralash agregatini tozalash samaradorligi 5-6 % ga oshishiga erishilgan; 
takomillashtirilgan ChSA rusumli pnevmatik saralagichi Sirdaryo viloyatining “Baxt paxta tozalash korxonasi” AJ da joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 5 maydagi 03-16/1231 ma’lumotnomasi). Natijada chigitni unib chiqish quvvati 5 % ga, unuvchanligi esa 2 % ga oshgan, gektariga chigit sarfi 12,9 kg ga kamayishiga erishilgan; 
takomillashtirilgan ChSA rusumli pnevmatik saralagichlari va UPS rusumli tukli chigitni qabul qilish uzatish qurilmasi Qashqadaryo viloyatining “Koson paxta tozalash korxonasi” AJ da joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 5 maydagi dagi 03-16/1231 ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan UPS va ChSA rusumli agregatlarning birgalikda ishlashidan saralagichning tozalash samarasi 11,2 % ga,  1000 dona chigit massasini 3,0-3,6 grammga oshishiga, urug‘lik chigit chiqish fraksiyasi 95,0 % ga etishi va 1000 dona chigit massasi 3,6 grammga oshishiga erishilgan;
tavsiya etilgan dorilash mashinasi Xorazm viloyati “Qo‘shko‘pir paxta tozalash” AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat”AJning 2020 yil 5 maydagi dagi 03-16/1231 ma’lumotnomasi). Natijada dori suspenziya sarfi 2,5 litrga kamaytirishga, dorilash to‘liqligini 91% dan oshirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish