Axunbabaev Ulugbek Oxunjonovichning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Zamonaviy pilla chuvish  uskunalarida yuqori sifatli xom ipak olish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1163.
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat  Eshanqulovich texnika fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti” va “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida.” 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Qobulova Nilufar Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro standart talab va me’yorlariga javob beradigan, yukori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan xom ipak olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor pilla qobig‘i bug‘lanishining sifat ko‘rsatkichlarini yuqori darajada aniqlovchi tajribaviy qurilma yaratilgan;
pilla etishtirishning yangi agrotexnologiyasi hamda pilla hosildorligi va samaradorligini ta’minlovchi, resurstejamkor ko‘p qavatli qurilmaga asoslangan pillani shakllantirishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
xom ipakni sifatli chuvilishi uchun zarur bo‘lgan serisin  miqdorini aniqlash uchun pilla bug‘lash jarayoni vaqtini  qisqartirish evaziga eng kam zaruriy erish darajasiga erishilgan; 
pillalarni  solishtirma sarfini kamaytirish va barcha sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda pilla  qobig‘ini ichki xajmini yuqori foizlarda  suvga to‘ldirishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
nazariy ishlanmalar asosida xalqaro standart talablariga javob beruvchi 4A, 3A sinf sifat ko‘rsatkichli xom ipak tayyorlash uchun pilla bug‘lashning yangi texnologik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zamonaviy pilla chuvish uskunalarida yuqori sifatli xom ipak olish texnologiyasini takomillashtirish asosida: 
tut ko‘chatlarini joylashtirish usullarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan pilla etishtirishning yangi agrotexnologiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari olingan (IAP 05222, IAP 05223). Natijada ushbu usuldan foydalanish orqali tut bargining yuqori hosildorligi oshirish va tut ipak qurti ozuqa bazasi kengaytirish, tirik pilla hosildorligi 14,29% ga, quruq pilla xajmi 13,21% ga, pilla qobig‘ini vazni 18,23% ga, ipakchanligi 4,53% ga, tola uzunligi 11,14% ga, xom ipak chiqishi esa 5,25 % ga oshirish imkonini bergan; 
pilla hosildorligi va samaradorligini ta’minlovchi, resurstejamkor ko‘p qavatli qurilmaga asoslangan pillani shakllantirishning yangi usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining   foydali modelga patenti olingan (FAP 00754). Ishlanma joriy etilishi natijasida qurtxonalarda bir necha mavsum pillalarini etishtirishda qurt boqiladigan foydali  maydon miqdori 3 baravarga oshishiga, qurtxonaning har bir kvadrat metridan olinadigan pilla hosildorligi va samaradorligi oshishiga, sarf harajatlar kamaytirishga, energiya resurslar tejalishiga, pilla sifati oshishiga erishilgan.
pillalarni bug‘lash va pilla kobigi ichiga suv to‘ldirishning yangi usuli “Nurli Tong Silk” MChJ va “Verigrov ipagi” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2020 yil 21 dekabrdagi 4-2/2621-son ma’lumotnomasi). Natijada, xom ipak olishda pillaning solishtirma sarfi kamayishiga, ya’ni 1 kg xom ipak ishlab chiqarishda 300 gramm pilla iqtisod qilinishiga va xom ipak chiqishi 3,8% ga  oshirish hamda xom ipakni sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishi hisobiga xalqaro standart talablarining “3A” sinfiga mos xom ipak olish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish