Nabiev Olimjon Abdisalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining beqaror ish bilan bandligining ijtimoiy-mehnat munosabatlariga ta’siri», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1031.
Ilmiy rahbar: Abdurahmonov Qalandar Xodjaevich, O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholining beqaror ish bilan bandligining ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish va mehnat bozori muammolari echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norasmiy band aholi soni o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ifodalovchi statistik ma’lumotlar asosida shakllantirilgan regression model yordamida aholining beqaror ish bilan bandlik darajasi va uning ijtimoiy-mehnat munosabatlariga ta’sirini baholash usuli takomillashtirilgan; 
nostandart bandlikning mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash uslubiyoti beqaror ish bilan bandlikda mehnat bozorida kasblar va kasbiy qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni har bir kichik kasb darajasida baholash asosida takomillashtirilgan;
beqaror ish bilan bandlikning prekarizatsiya, autsorsing va autstaffing kabi shakllariga olib keluvchi omillarning mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlariga bo‘lgan ta’siri va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan nazariy va amaliy takliflar asoslangan;
aholining beqaror ish bilan bandlik darajasi va ijtimoiy-mehnat munosabatlari o‘rtasidagi bog‘lanish darajasining yuqoriligi isbotlangan holda o‘rtacha oylik ish haqi va daromadning beqarorligiga ta’sir etuvchi omillar asosida aholi daromadlarining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Beqaror ish bilan bandlik muammolari va mehnat bozorini yanada takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
norasmiy band aholi soni o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ifodalovchi statistik ma’lumotlar asosida shakllantirilgan regression model yordamida aholining beqaror ish bilan bandlik darajasi va uning ijtimoiy-mehnat munosabatlariga ta’sirini baholashning takomillashtirilgan usulidan respublikada norasmiy band aholi sonining o‘zgarishi dinamikasini tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/00-02/07-10198-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi mehnat bozorida beqaror ish bilan bandlikni barqarorlashtirish va fuqarolarni ishga joylashtirish, ularning mehnat faoliyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
nostandart bandlikning mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash uslubiyoti beqaror ish bilan bandlikda mehnat bozorida kasblar va kasbiy qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojni har bir kichik kasb darajasida baholash bo‘yicha takliflardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Mehnat bozori va istiqboli kasb hamda mutaxassisliklarni qayta shakllantirish” mavzusidagi tahliliy ma’lumotnomani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/00-02/07-10198-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi mehnat bozorida kasblarga hamda fuqarolarni kasbiy qayta tayyorlashga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashga va aholini manzilli ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
beqaror ish bilan bandlikning prekarizatsiya, autsorsing va autstaffing kabi shakllariga olib keluvchi omillarning mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlariga bo‘lgan ta’siri va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan takliflar norasmiy ish bilan bandlik darajasini kamaytirishga xizmat qiluvchi mehnat qonunchiligiini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/00-02/07-10198-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi mehnat bozorini davlat tomonidan huquqiy-iqtisodiy tartibga solishda milliy qonunchilik bazasi va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
aholining beqaror ish bilan bandlik darajasi va ijtimoiy-mehnat munosabatlari o‘rtasidagi bog‘lanish darajasining yuqoriligi isbotlangan holda o‘rtacha oylik ish haqi va daromadning beqarorligiga ta’sir etuvchi omillar asosida aholi daromadlarining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Mehnat bozori va istiqboli kasb hamda mutaxassisliklarni qayta shakllantirish” mavzusidagi tahliliy ma’lumotnomani va Aholini ijtimoiy himoyalash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 01/00-02/07-10198-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi mehnat resurslarini barqaror ish bilan ta’minlash, bandlik xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, mehnat bozorini rivojlantirish maqsadlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish