Rajabov Farxat Farmanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektrokardiografik signallarga raqamli ishlov berish usul, algoritm va amaliy dasturiy majmuasini ishlab chiqish», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1422.
Ilmiy rahbar: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Saidovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrokardiografik signallarni avtomatik tanish usul, algoritm va amaliy dasturiy majmuasi asosida yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasi samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cheklangan impul`s xarakteristikali norekursiv fil`trning kanonik tuzilishi yaratilgan va stress test holatida elektrokardiografik signallarni tremor, miografik shovqinlardan tozalash algoritmi ishlab chiqilgan;
analog-raqamli o‘zgartirgich qurilmasidan elektrokardiografik signallarni olish va ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda boshqaruv hisoblash mashinasining dasturiy majmuasidagi o‘zaro aloqa algoritmi ishlab chiqilgan hamda ko‘p kanalli biotibbiyot o‘lchagich qurilmasining funksional sxemasi yaratilgan;
veyvlet fil`trlashga asoslangan variabil morfologiyali elektrokardiografik signallarning tishchalarini avtomatik tanish algoritmi ishlab chiqilgan va dasturiy ta’minoti yaratilgan;
elektrokardiogramma amaliy dasturiy majmuasini tilga bog‘liqsizligini hisobga olgan holda grafik ko‘rinishdagi virtual asboblar panelining inson-mashina interfeysi yaratilgan va boshqaruv hisoblash mashinasi bilan ma’lumot almashish algoritmi ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida kompyuter tibbiyot kompleksi yaratilib, elektrokardiogramma biosignallarini samarali qayd qilish, raqamli qayta ishlash, avtomatik tanish algoritmlari, tashxislash usullari va dasturiy vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
elektrokardiografik signallarni avtomatik tanish algoritmi, boshqaruv hisoblash mashinasini dasturiy majmualaridagi o‘zaro aloqasi va raqamli ishlov berish usullari «SUPROMED» korxonasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 33-8/5956-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan «SuproDIL-3»  kompyuter elektrokardiografining dasturiy ta’minoti yaratilgan va kompyuterli diagnostika tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan; 
virtual asboblar paneli ko‘rinishidagi inson-mashina interfeysi asosida ishlab chiqilgan elektrokardiogramma signallariga ishlov berish, avtomatik tanish kompleksi va ma’lumotlar bazasi dasturiy ta’minoti «Karima» xususiy klinikasiga va «Aksis-Atlant» MChJga joriy qilingan (Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/208-son ma’lumotnomasi). Natijada yurak-qon tomir kasalliklarini tashhis qilish jarayonini osonlashtirilib, sifati va tezligi oshirilib, sarflangan vaqtni 10-15 % kamaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish