Ibragimov Avazbek Baxtiyarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Supramolekulyar kompleks hosil qilish orqali suvda qiyin eriydigan biofaol moddalarni biofarmatsevtik maqbullashtirish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K348.
Ilmiy rahbarlar: Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Xabibulla Abdurasulevich, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Tillaeva Gulnora Urunbaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: supramolekulyar kompleks hosil qilish orqali suvda qiyin eriydigan biofaol moddalarni biofarmatsevtik maqbullashtirish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DNBKning metall komplekslari (2) va organik tuzlari (2) hamda benzokainning β-SD (1), lagoxilinning γ-SD (1), β-GP-SD (1) va γ-GP-SD(1) bilan hosil qilgan klatratlaridan iborat bo‘lgan 8 ta yangi modda sintez qilingan;
yangi olingan 6 moddaning monokristall ko‘rinishida olinishi va ularning molekulyar va kristall tuzilishlari aniqlangan;
DNBK va EDAning aralash-ligandli rux kompleksining  monoklinik va ortorombik polimorf modifikatsiyalari sintez qilingan;
DNBKning MEA bilan hosil qilgan organik tuzining yangi monoklinik polimorfi olingan;
Xirshfeld sirtini hisoblash orqali DNBK va EDAning aralash-ligandli rux kompleksining ikkita polimorf modifikatsiyasi kristallarida aniqlangan molekulalararo kontaktlarning turlar bo‘yicha taqsimoti aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Supramolekulyar komplekslarning sintezi, tuzilishi, suvda eruvchanligi va biofarmatsevtik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
supramolekulyar kompleks hosil qilish orqali suvda qiyin eriydigan biologik faol moddalarni biofarmatsevtik maqbullashtirish usuli №VA-FA-F7-004  “Biologik faol birikmalarning metall komplekslari tuzilishiga haroratning ta’sirini o‘rganish” loyihasida muayyan biofaollikka ega bo‘lgan yangi aralash-ligandli koordinatsion birikmalarni olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 5 fevraldagi 18/1255-348-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usul biofaol dori vositalarini yaratish imkonini bergan;
sintez qilingan supramolekulyar komplekslardan 5 tasining tuzilishi Angliyadagi ma’lumotlar bazasi – Kembridj strukturaviy ma’lumotlar bankiga kiritilgan (The Cambrige Structural Database, https://www.ccdc.cam. ac.uk/solutions/csd-system/components/csd/). Natijada, bankka qo‘shilgan yangi moddalar o‘xshash birikmalarni sintez qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish